Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
327
- Z -
ZABUR - diniy manbalarga ko‘ra, Dovud(as)ga. nozil bo‘lgan ilohiy kitob. Bibliya
"Qadimga ahd" kismining bo‘limi. Yunon tilida "rsalom" ("psalom"), "psalterion"
("psaltir"), qad. yahudiy tilida "tahalim" deb atalgan "Hazrati Dovudning sanolar kitobi"
nomi bilan mashhur bo‘lgan diniy-musiqiy oyatlar majmui. Mil av. 1500-500-yillarga
tegashli. 3. sanolari, asosan, Xudoga bag‘ishlangan madhiyalar, duolar,
shukrona, iltijo,
nola-fig‘on, dushmanlardan shikoyat va h.k.dan iborat. Ularga ko‘ra, xudo hamma
narsalarni ko‘rib-bilib, inson qalbini doim sinab-imtihon etib turuvchi zotdir, u Isroil
mamlakati tarixida ham g‘aroyib mo’jizalarni namoyon qilgan.
Ayrim sanolarda
Yaso(as)ning dunyoga kelishi, azob chekib, jon taslim etishi, so‘ng tirilib,
yer yuzida
abadiy hukmronligini o‘rnatishi bashorat etilgan (mas., 2, 21, 44, 71, 109-sanolar).
Z.ning ba’zi oyatlari Injilga aynan ko‘chirilgan, Iso(as) shu oyatlar mavzuida pandu
nasihatlar qilgan ekan. Qur’oni karimning "Sod" surasi (18-20-oyatlar)da Dovud(as)
sanolari tilga olinadi. Z.ning asl nusxasi ajoyib she’riyat namunasi sifatida Yevropa
xalqlari madaniyati va san’atiga, og‘zaki ijodiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Z.ning o‘zbek
tilidaga to‘liq matni Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan 1992 y.da
"Injil", "Tavrot" ("Ibtido"), "Zabur" kitobi tarkibida chop qilingan (tarjimon doktor Yusuf
Gulkarov).
ZAYD ibn ALI (7-740) - shialikdagi zaydiylar firqasining asoschisi. Muhammad (sav)
oilasining avlodi sifatida imomlikka da’vogarlik qilib, 739 y.da Kufa sh.da umaviylar
hokimiyatiga qarshi isyonga bosh bo‘lgan. Muhammad al-Bokirning
sustligidan norozi
bo‘lgan shialar uning ukasi g‘ayratli Z.i.A. atrofida birlashib, uni imom deb e’lon etadilar.
Ammo xalifa Hishom (724-743) qo‘shinlari 740 y. isyonni bostiradi. Z.i.A.ning o‘zi
jangda halok bo‘ladi. Jasadi Kufada chormix qilinib, kesik boshi Damashqqa,
xalifa
Hishomga yuboriladi.
Z.i.A. tarafdorlari alohida diniy-siyosiy guruh tuzib, Hazrat Ali avlodiga mansub imom
boshchiligida diniy davlat tuzishga intiladi. Ular Z.i.A.ni so‘nggi - 5-imom deb bilib,
keyingi imomlarni tan olmagan. Z.i.A. o‘zining imomat da’vosini
Hasan va Husayndan
so‘ng Ali va Fotimaning har qanday avlodi imom bo‘lishi mumkin, deb asoslagan.
Imomlikka da’vogar ko‘liga kurol olib, isyon ko‘tarishi - imomatga o‘tirishning asosiy
sharti, deb bilgan. Shialarning imomlari, xususan,
Jafar as-Sodiq esa, o‘z tarafdorlarni
qurolli isyon ko‘tarmaslikka chaqirgan edi.
Dostları ilə paylaş: