www.ziyouz.com kutubxonasi
323
aytilishicha, u nihoyatda kelishgan, chiroyli bo‘lgan. Podshohning xotinlaridan biri uni
yaxshi ko‘rib qolib, o‘z muhabbatini izhor etadi. Lekin Ya. (as) ayollarga shahvoniy
munosabatda bo‘lmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat
qiladi. Ya. (as)ning bu harakatidan jaxli chiqqan ayol o‘zining siri oshkor bo‘lib qolishidan
qo‘rqib, podshoxdan uni o‘ldirishni talab etadi. Ya. (as) mehrobda ibodat qilib turganida
o‘ldiriladi. U shahid bo‘lgach, bu ishga Parvardigorning qahri kelib, podshohning butun
xonadoni bilan yer yutgani rivoyat qilinadi. Damashqdagi umaviylar masjidida
joylashgan Ya. (as) sag‘anasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi.
YAHUD - yahudiylar. Ya. istilohi Qur’onda Makka davrida paydo bo‘lgan, Muhammad
(sav) zamondoshlari bo‘lgan yahudiylarni yoki umuman yahudiylarni anglatgan va
odatda nasorolar (xristianlar) bilan yonma-yon uchraydi (3:67/60; 5:18/21, 82/85;
9:30 va b.). Madinagacha yahudiylarning muqaddas tarixiga qilingan ko‘plab
iqtiboslarda, asosan, Banu Isroil -"Isroil farzandlari" iborasi ishlatilgan. Qur’onda
yahudiylarga nisbatan 2 xil yondashuv aks etgan. Bir tomondan ular musulmonlar kabi
yakka xudolik tamoyillariga amal qilishgan, shuningdek, Ibrohim (Avraam) elchiliga bilan
bog‘liqtsirlar, islom iudaizm (yahudiylik) tomonvdan yo‘qotilgan izchil yakkaxudolikni
tozalagandek va tiklagandek edi, yahudiylar ahdi kitobga mansub edilar. Muhammad
(sav) Makkada va Madinada bo‘lganlarining dastlabki paytlarida Yasrib (Madina) va
Shim. Arabistondaga ko‘plab vohalar aholisiining anchagana qismini tashkil qilgan
yahudiylar orasidan o‘zlariga safdosh va izdopshar topish umidida edilar. Biroq, Yasrib
yahudiylari Muhammad (sav)ning payg‘ambar ekanliklarini tan olmadilar va u zotni
ishonchsiz va masxaralab kutib oldilar, so‘ngra qurayshiylar bilan ittifoq tuzib,
Rasulullohning ochikdan-ochiq dushmaniga aylandilar. Natijada, hijratning dastlabki
yillarida musulmonlar bilan yahudiylikka e’tiqod qilgan yasribliklar o‘rtasida bir nechta
to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, oqibatda Banu Qaynuqo, Banu Kurayza va Banu Nadir
qabilalari a’zolari Madinadan kuvg‘in qilinganlar, so‘ngra yahudiylarning markazlari -
Xaybar, Fadak va b.ga harbiy yurishlar qilingan.
Arabistondagi yahudiy jamoalari bilan raqobat Qur’onda ham aks etgan. Uzayr
(Yezdra)ni ilohiylashtirganlari uchun yahudiylar qoralangan (9:30).