Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
esa vojib hisoblanadi. A.a. namoz o‘qiyotgan kishining namozi tugaganining alomati
hamdir.
ASHOB - q. Sahoba.
ASHOB al-KAHF, Ashobi kahf (arab. "g‘or egalari", "g‘or odamlari") - o‘z zamonlari
podshohi Daqyonus (imperator Detsiy) zulmidan qochib, Robbilariga bo‘lgan imonlarini
saqlash maqsadida g‘orga kirib yashiringan va Alloh taoloning irodasi, ilohiy mo’jiza
bilan ko‘p yillar uxlatib qo‘yilgan yosh yigitlar va ularning iti. Allohning inoyati bilan ular
309 y.dan so‘ng uyg‘onishadi. Oyatda bu mo’jizani Alloh taolo keyingi ummatlar
qiyomatga va o‘lgandan keyin tirilish haq ekaniga ishonch hosil qilsinlar deb sodir etgan,
deyiladi. Uzoq uyqudan uyg‘ongan yigitlar uchun go‘yo kunning bir qismi o‘tgandek
tuyulgan. Ular oralaridan bir kishini vakil qilib uni taom keltirish uchun shaharga pul
bilan jo‘natganlar va biron-bir kishi uni tanib qolishidan ehtiyot bo‘lishini tayinlashgan.
Vakil bozorga borib pulni berganda, odamlar u qad. zamon puli ekanligini bilib qolganlar.
Vakil bilan muomalada ham uning o‘z zamonlari odami emasligini sezib qolishgan.
Xullas, Allohning irodasi bilan yigitlarning siri fosh qilinib, ular o‘sha davr odamlariga
tanitilgan. Vaqt o‘tishi bilan shahar aholisi ham imonga kelgan edi. Ular kahf egalari
haqidagi qissani yaxshi bilishardi. Shuning uchun bozorga kelgan vakilni darhol tanib
olishadi. Shahar aholisi g‘or ustiga masjid bunyod etishgan, so‘ngra ular kahf ahli necha
kishi ekanligi (3,5,7 kishi) va ular qancha muddat g‘orda bo‘lganliklari haqida
tortishganlar. Ularning adadi va qancha muddat g‘orda bo‘lganliklari yolg‘iz Allohga
ayondir. Qur’oni karimning "Kahf surasi"da A.k. haqida batafsil hikoya qilingan. Islom
olamining turli yerlarida - Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Yaman, Mag‘rib, Ispaniyada
go‘yo "A.k. yashiringan g‘or" deb hisoblanuvchi g‘orni ko‘rsatadilar. Ba’zi rivoyatlarga
ko‘ra, A.k.ning nomlari: Amlixo, Makshalino, Mashlino, Marnush, Dabarnush, Shoznush.
Kashfittanus hamda itning nomi - Qitmir bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: