Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
siyosiy o‘rni kuchayishi sharoitida sunniylik va shialik o‘rtasidagi munosabatlar ham 
keskinlashdi, bu hol mamlakatlar o‘rtasida (Eron-Iroq), shuningdek, turli 
mamlakatlarning ichki hayotida (Saudiya Arabistoni, Livan) ham ko‘zga tashlandi, biroq 
ular ko‘p holatlarda uchinchi darajali ahamiyat kasb etgan (Eron-Iroq) yoxud osongina 
hal etilgan. Sunniylikning ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlari hoz. vaqtda islomning haqiqiy 
demoqratik din ekanligani isbot qilishda dalil sifatida ko‘rsatilmoqda. Sunniylar barcha 
islom olamidagi davlatlar aholisining ko‘pchiligini (Eron va Iroqdan tashqari) tashkil 
etadi. 
AHLI HAQ (fors., arab. - "haqiqat kishilari"), aliilohiylar - shialarning yashirin jamoasi. 
Eronlik shialar A.h. tarafdorlarini "aliilohiylar" deb ataydilar. Bu jamoa taxm. 14-a.da 
vujudga kelgan. G’arbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afg‘oniston, Iroq, 
Suriya, Ozarbayjonning janubiga yoyilgan. A.h. Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to 
Muhammad (sav)ga qadar bo‘lgan payg‘ambarlarda, shia imomlari va kelajakda 
mahdiyda mujassamlanadi, deb hisoblaydilar. A.h. jannat va do‘zaxni inkor etib, jonning 
yangicha shaklga kirishiga ishonishadi. Ular darvishlarga o‘xshab jazavaga tushishadi
shuningdek, ularda nasroniylikdagi kabi muqaddas uchlik aqidasi ham mavjud. A.h. ning 
aqidasida masihiylikdagi uchlik tushunchasi asosiy o‘rin tutadi. Hoz. vaqtda A.h. 
Turkiyada shialarning taxm. 90% ini, Afg‘onistonda 15% dan ortig‘ini, Eronda 8% ga 
yaqinini tashkil qiladi. 
 
AHMAD ibn HANBAL, Abu Abdulloh; Ibn Hanbal (780-855) - ilohiyot olimi, 
sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. A.i.H. o‘smirligidanoq hadis va 
fiqhni o‘rgana boshlagan, zamonasining yirik ulamolari, jumladan Abu Yusuf va ash-
Shofi’iylar bilan muloqotda bo‘lgan. 816-833 ylarda Bag‘dodda mudarrislik qilgan va fiqh 
ilmi bilan shug‘ullangan. A.i.H. an’anaviy sunniylikni himoya qilgan, mu’taziliylarga 
qarshi kurashgan. Abbosiy xalifalar Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) va Vosiq 
(842-847)lar davrida mu’taziliylar oqimi ta’limoti rasmiy e’tiqod sifatida e’tirof etilgan, 
A.i.H. mansub bo‘lgan an’anaviy islom tarafdorlari ta’qib ostiga olingan edi. Aslida 
an’anaviy islom ulamolari va mu’taziylar o‘rtasidaga bahs bir asrdan (xalifa Hishom 
(724-743) davridan) beri davom etib kelar, ular islom ummasining parchalanishida bir-
birini ayblardi. Ma’mun ana shu bahsga barham berish, mu’taziliylarning bir necha 
aqidalari, va ayniqsa, Qur’onning yaratilganligi (ya’ni Alloh tomonidan yaratilgani), 
haqidagi fikrni qaror toptirish maqsadida 833 y. maxsus hay’at tuzgan va barcha 
ulamolarni imtihon (mehna) qildirgan. Bu aqvdalarni qabul qilmagan din arbobi Qur’onni 
Alloh bilan bir darajaga qo‘yuvchi mushrik, ya’ni ko‘pxudolik tarafdori deb e’lon qilinar va 
shunga yarasha jazoga tortilardi. O’z fikrlaridan qaytmagan bir necha ulamo qatori A.i.H. 
2 yil zindonda yotgan. Ozodlikka chiqqach, umrining oxirigacha diniy-siyosiy faoliyatini 
davom ettirgan. Pirovardida mehna kutilgan natija bermadi va an’anaviy islom tarafiga 
o‘tgan xalifa Mutavakkil (847-861) 848 y. mehnani bekor qilgan. Keksayib qolgan A.i.H. 
Bag‘dodda endi o‘zining nomi bilan atala boshlagan diniy-siyosiy harakatning g‘oyaviy 
rahnamosiga aylangan. Bag‘dod va Basradagi faol mu’taziliylarning ro‘yxati tuzilib, ular 
qirg‘in qilinganlar. 9-a.ning 20-40-ylari musulmon ummasida yuz bergan parokandalik 
holatini tahlil qilib, A.i.H. islomning "oltin davri" - Muhammad(sav) va ilk xalifalar 
davriga qaytish kerak, degan xulosaga keldi. Ayniqsa, "bid’at" masalasida u keskin 
mavqeda bo‘ldi. Uning fikricha, Qur’on, hadis va musulmon ulamolarining ilk uch avlodi 
fikri (ijmo)ga asoslanmagan din va hayotga oid har qanday "yangilik" qoralanmog‘i 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin