Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə8/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
19tom2011yilpdf

II. Sud-huquq tizimini isloh etish

Qadrli do‘stlar!

Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda.

Aynan shuning uchun ham biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko‘lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o‘n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘p-ko‘p misollarda ko‘rish mumkin.

Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga

qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin