V. Fuqarolik jamiyati institutlarinishakllantirish va rivojlantirish
Aziz do‘stlar!
O‘zbekistonimiz bosib o‘tgan keyingi o‘n yillik davr aholimizning keng qatlamlari qo‘llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo‘ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy prinsiplarning mustahkamlab qo‘yilgani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan bunday tashkilotlar keng tarmoqlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida
5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy” jamg‘armalari, “Ijod” fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o‘tish mumkin.