Shubilanbirga,xolisonatahlil, islohotlarimizningmantiqiva izchilligi,ularningengzamonaviybozornormalariga muvofiqligini baholashiqtisodiyotniboshqarishtizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirishva liberallashtirishbo‘yichajiddiyehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan yoki yaratgan o‘z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlatxususiy
mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o‘z biznesiga bexavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko‘paytirishi, o‘z mulkiga o‘zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim. Ayni shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlarhuquqlariningkafolatlarito‘g‘risida”giQonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarur.
Shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlikfaoliyatisohasida ruxsatberishtartib-qoidalari to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro‘yxati va turlarini aniq belgilab qo‘yish, qonundanazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsatberishtartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonunbilan keskin taqiqlash zarur.
O‘ylaymanki, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti keldi. Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi. Ishonchim komilki, bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining ochilishiga sharoit tug‘iladi.
Sizlarga yaxshi ma’lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o‘zining barqaror va ishonchli ekanini isbotladi. Shu bilan birga, bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy