To’g’ri Javob: As'ad ibn Zurora
Izoh: As’ad bir sadr keltirgan ekan, shunga ishora qilib:
- Buni siz uchun yasattirdim, ey Allohning Rasuli, ustida yotib istirohat etasiz, - dedi.
Rasulullohning yuzlarida quvonch alomatlari indi… (Saodat asri qissalari)
9. Rasululloh s.a.v Madinaga hijrat qilganlaridan so'ng kimni Makkaga borib, u yerda
qolgan bola chaqalarini olib kelishini aytadilar?
a) Hamza ibn Abdumuttalib bilan Abu Ayyub
b) Zayd ibn Xoris bilan Abu Rofiy
c) Ali ibn Abu Tolib bilan Usmon ibn Affon
To’g’ri Javob: Zayd ibn Xoris bilan Abu Rofiy
Izoh: Bu orada Rasululloh SAV tutingan o’g’illari Zaydni Abu Rofiy degan bir madinalik bilan
qo’shib, yo’lga chiqardilar. Ular Makkaga borib, u yerda qolgan bola-chaqalarini olib kelishlari
kerak edi. (Saodat asri qissalari)
10. Ma’lumki, Madinai munavvarada Islom tarqagan, Rasululloh SAV hijrat qilgan
paytlarda yahudiylar ham yashar edilar. Rasululloh SAV ularga qanday munosabatda
bo’ldilar?
a) Yahudiylar o’z dinida qoladigan va jizya to’laydigan bo’ldilar.
b) Ahdnoma tuzilib, ularning dini va moli kafolati olindi.
c) Yahudiylar bilan urushmaslik va do’stlik shartnomasi tuzildi.
To’g’ri Javob: Ahdnoma tuzilib, ularning dini va moli kafolati olindi.
www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Dostları ilə paylaş: |