Microsoft Word islomiy viktorina doc


Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?



Yüklə 243,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/158
tarix17.05.2022
ölçüsü243,2 Kb.
#58275
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158
islomiyviktorina

5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi? 

a) kishining shahid holida vafot etishi 

b) maziyning chiqishi 

c) ayollarning farzand ko’rishi 

To’g’ri Javob:  ayollarning farzand ko’rishi 

Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va 

musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib 

o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl 

vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib 

emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat 

poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum 

orqali niyat bilan poklanadi.  

G’uslni vojib qilmaydigan narsalar: 

1. Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy - suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat 

vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra 

ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy 

tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi. 

2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy - oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz 

suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi. 

3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib 

lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. 

(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari») 

 


Yüklə 243,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin