Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
15. Bomdod namoziga "Assolati hoyrum minan navm" (Namoz uyqudan afzal) deb
kiritilishiga kim sababchi bo'ldi?
a) Ali r.a.
b) Umar r.a.
c) Bilol r.a.
To’g’ri Javob: Bilol r.a.
Izoh: Hazrati Bilol bomdod namozining azonida "Hayyal alal falah" dan keyin ikki marta
"Assolatu xoyrun min an-navm" (Namoz uyqudan yaxshiroq) degan gapni qo‘shib aytdi.
Rasululloh bu gapni ma’qullab e’tirof etdilar. (Nurul-yaqiyn)
16. Qibla Masjidul Aqsodan Masjidi Haramga o’zgarganligi vahiysi qaysi namozda sodir
bo’ldi?
a) Asr namozida
b) Bomdod namozida
c) Peshin namozida
To’g’ri Javob: Peshin namozida
Izoh: Hijratning ikkinchi yili Rasululloh (s.a.v.) peshin namozini jamoat bilan Quddusga qarab
o’qiyotgan edilar. Namoz ichida qiblaning o’zgarganligi haqida vahiy keldi/ Rasuli Akram shu
zahoti yuzlarini Quddusdan Ka’baga tomon burdilar. (Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini)
17. Ikki qiblali ma’nosini anglatadigan “Masjidul qiblatayn” nomini olgan masjidni
aniqlang?
a) Qubodagi masjid
b) Banu Salama masjidi
c) Masjidi Nabiy
Dostları ilə paylaş: |