www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Izoh: Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga bir
so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 mud suv
bilan tahorat olar edilar». (“Sahihi Buxoriy”, Tahorat kitobi, 49-bob)
17. Tahoratda yuviladigan a’zolarda yara yoki kasallik bo‘lganida qanday tahorat olinadi?
a) Issiq suv bilan yuviladi.
b) Jarohat ustiga mash tortiladi.
c) Tayammum qilinadi.
d) Qanday vaziyatdaligiga ko’ra yuqoridagi barcha javoblar javoblar mos tushishi mumkin.
To’g’ri Javob: Qanday vaziyatdaligiga ko’ra yuqoridagi barcha javoblar
javoblar mos tushishi
mumkin.
Izoh: Tahoratda yuviladigan a’zolarining birida yara yoki kasallik bo‘lganida
issiq suv bilan
yuvish ham kishining sog‘ligiga zararli bo‘lsa, yuvilmaydi, balki ho‘l qo‘l bilan ustiga mash
tortiladi. Agar mash tortish ham zarar yetkazadigan bo‘lsa, bu amal ham tark etiladi. Agar
bunday kasallik tahoratda (g‘uslda) yuviladigan a’zolarning ko‘p qismini qamrab olgan bo‘lsa,
tahorat yoki g‘usl o‘rniga tayammum qilinadi. (“Dinda savolim bor”, 1-kitob)
Dostları ilə paylaş: