Microsoft Word islomiy viktorina doc


Tahoratga ishlatilgan suvdan idish yuvish yoki boshqa maqsadda foydalanish



Yüklə 243,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/158
tarix17.05.2022
ölçüsü243,2 Kb.
#58275
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
islomiyviktorina

15. Tahoratga ishlatilgan suvdan idish yuvish yoki boshqa maqsadda foydalanish 

mumkinmi? 

a) Joiz 


b) Joiz emas. 

c) Rangi o’zgarmagan bo’lsa joiz. 



To’g’ri Javob: Joiz emas. 

   Izoh: Mazhabimiz mujtahidlaridan Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv 

najasdir, chunki u bilan badandagi nopoklik tozalangan. Nopoklikni ketkazish uchun ishlatilgan 

suv nopok bo‘lib qoladi. Ishlatilgan suv kiyimning to‘rtdan biridan ko‘p qismiga tegsa, u bilan 

namoz o‘qib bo‘lmaydi", deydilar. Imomi A’zam rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv kiyimning 

kaft kengligidan (ochiq kaftda suv turadigan joydan) ko‘p qismiga tegsa, u bilan namoz o‘qish 

mumkin emas", deganlar. Imom Muhammad rahmatullohi alayh: "Ishlatilgan suv toza, ammo 

tozalamaydi, ya’ni uni qayta tahoratga ishlatib bo‘lmaydi. Zero, kishi a’zolari tozadir, biroq 

tahorat olmay namoz o‘qish, qo‘lni yuvmay taom yeyish mumkin emas. Ularga qo‘yilgan bu 

taqiqtahorat olganda yo qo‘lni yuvganda suvga o‘tadi va suvning sifati yuvilmagan a’zo sifati 

kabi bo‘lib qoladi. Shuning uchun ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emasdir", deydilar. 

   Muhaqqiq ulamolar Imom Muhammad rahmatullohi alayhso‘zlarini ixtiyor qilishgan va unga 

fatvo berishgan. Demak, ishlatilgan suv toza, ammo tozalovchi emas. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash 

kerakki, ishlatilgan suv kiyimga tegsa, uni harom qilmaydi. Uni toza deyishdan murod shu. 

Biroq ishlatilgan suvni ichish yo taomga ishlatish mumkin emas. ("Raddul Muxtor") 

 


Yüklə 243,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin