228
Motiv
– odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivatsiya
– shaxsning nima uchun ma’lum
vaqtda boshqa fikr va
harakatlarni yemas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab
berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya.
Mehnat
– tarixan tarkib topgan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan boylik
yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi.
Mehnat terapiyasi
– mehnat jarayonlaridan davolash maqsadlarida
foydalanadigan fan tarmog‘i.
Mehnat tarbiyasi
– yosh avlodni mehnatga nisbatan ongli munosabati –
mehnasevarlik ruhida har qanday jamoat, ijtimoiy foydali mehnat turini bajarishga
psixologik jihatdan tayyorlashdan tarkibiy qismi.
Mehnat ta’limi
– politexnik ta’lim va mehnat tarbiyasining yosh avloddan
mehnatga, ijtimoiy hayotning ma’lum bir sohaga doir bilim, ko‘nikma, malaka va
odatlarni tarkib toptirish rivojlantirishdan iborat turi.
Dostları ilə paylaş: