229
Motivlar kurashi
– shaxsning oldida bir yemas bir qancha maqsadlar mavjud
bo‘lgan taqdirda ulardan yeng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y beradigan
ikkilanishdan iborat holat.
Muhandislik psixologiyasi
– psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni
boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirni
tekshirish
bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Malakalarning regressi
– ma’lum bir faoliyat
sohasida hosil qilingan
malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida
asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Mutaxassis
– shaxsning muayyan kasbga
nisbatan yaroqlilik darajasi,
tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish uchun
zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
Mutaxassislik tavsifnomasi
– muayyan kasb
yoki mutaxassis ishchilari
mehnatining mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablarining
bayoni.
Dostları ilə paylaş: