45
oladi. «
Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga
o’tishni ta’minlovchi ip»
6
deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson
kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy
tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni ma’lumotlarni erkin eslash
mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismigina
zarurat tug’ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi
doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi.
Gohida doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb
hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin.
Xodimning
kasbiy
xotirasini
maqsadli
rivojlantirish
quyidagi
yo’nalishlarda mashqlar bajarishni taqozo etadi:
–
odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti- harakatlaridagi
o’ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;
–
xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammolarni hal
etish xususiyatlarini ifodalovchi so’zdagi axborotni eslab qolish va xotirada
saqlash;
–
qidiruvda bo’lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab qolish
va tanish;
–
o’g’irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish;
–
joy chizmalari, harakatlanish yo’nalishlarini eslab qolish va xotirada
saqlash.
Xodimlarning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash,
esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydalanishlari kasbiy
xotirani rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumotni esda saqlash printsiplari:
1)
maqsadni to’g’ri tanlash;
2)
axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko’rish orqali) turli
bog’liqliklarni o’rnatish.
6
Dostları ilə paylaş: