38
hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi,
jamlaydi va
miyaga etkazib beradi.
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona
yo’llaridir. Sezgilar mohiyatiga ko’ra ob’ektiv olamning sub’ektiv siymosi
hisoblanadi. Lekin sezgilarning hosil bo’lishi uchun organizm moddiy
qo’zg’atuvchining tegishli ta’siriga
berilishi kifoya qilmaydi, balki
organizmning o’zi ham qandaydir ish bajarishi darkor.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta. Chunki, ular
bizning olam haqidagi va o’zimiz to’g’rimizdagi bilimlarimiz manbai
hisoblanadi. Inson tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar haqida
hamisha axborot olib turishi kerak.
Shu ma’noda, sezgilar ma’lum bir qo’zg’atuvchining muayyan re- tseptorga
ta’siri natijasida hosil bo’lgani uchun ham sezgilarning
tasnifi ularni hosil
qiladigan qo’zg’atuvchilarning va ana shu qo’zg’atuvchilarga ta’sir qiladigan
retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi.
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko’rsatilgan turlari
mavjuddir:
–
ko’rish;
–
eshitish;
–
hid bilish;
–
badanning tegishli a’zolari orqali sezish;
–
ta’m bilish.
Sezgilar ma’lum bir qo’zg’atuvchining muayyan retseptorga ta’- siri
natijasida hosil bo’lgani uchun ham sezgilarning tasnifi
ularni hosil qiladigan
qo’zg’atuvchilarning va ana shu qo’zg’atuv- chilar ta’sir qiladigan
retseptorlarning xususiyatlariga asosla- nadi.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o’rniga qarab
sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:
1.
Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks
39
ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo’lgan ekstrotseptiv sezgilar.
2.
Tananing ichki a’zolarida va to’qimalarida
joylashgan hamda ichki
a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo’lgan interotseptiv
sezgilar.
3.
Retseptorlari mushaklarda va paylarda o’rnashgan proprio- tseptiv
sezgilar, ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib turadi.
Ekstrotseptivlarni ikki guruhga, ya’ni aloqa bog’laydigan
kontakt va distant
retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog’laydigan retseptorlar ularga ta’sir qiladigan
ob’ektlar bilan bevosita aloqa bog’lagan paytda qo’zg’aydi; badanning tegishli
a’zolari orqali sezish, ta’m bilish retseptorlari shular jumlasidandir. Distant
retseptorlar uzoqdagi ob’ektdan keladigan qo’zg’atishdan ta’sirlanadi; distant
retseptorlarga ko’rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: