57
Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo’lib,
inson emotsional holatining rang-barangligi, ko’p qirraligini bildiradi. Hissiy ton
(tus) (yunoncha «tonos» – zo’riqish, urg’u berish ma’nosini bildiradi),
emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo’zg’atish, hayajonlash demak),
affektlar (lotincha «affectus» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini
anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zo’riqish degani), frustratsiya
(
frustratsion
– rejalarning barbod bo’lishi, maqsadga erisha olmaslik) va
kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.
Kishi idrok etishi, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat
voqealikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga qaysidir ma’noda
munosabat bildiradi, ularga nisbatan u yoki bu tarzda hissiyotlar paydo bo’ladi.
Hissiyot
– kishining hayotida yuz berayotgan
voqealarga yoki nima bilan
mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’ziga turli shaklda bildiradigan ichki
munosabati.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil o’ziga xos
kechinmalarni: emotsiya, affekt (hissiy bo’ronlar), kayfiyat, kuchli
hayajonlanish (stress) holatlarini va his- tuyg’ularni hosil qiladi.
Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o’ziga xos ko’rinish sifatida
faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu o’rinda hissiyot o’zicha emas,
balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum
munosabatni
namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi,
xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, ko’rish,
eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot
muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi
taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat
samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o’tkazadi.
Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala,
ahillik
muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.
Emotsiya.
Emotsional jarayonlar, holatlar yoki, qisqacha aytganda,
emotsiya hissiy kechinmalarning o’ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki
58
bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan
iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani
sevish emotsiyani vujudga
keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno
aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa, g’azabli hissiy kechinma
hosil bo’lishi ijobiy yoxud salbiy emotsiya deyiladi. Qo’rqinch, dahshat hissiy
kechinma sifatida ob’ektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha
shaklda namoyon bo’lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo’rquvdan
serrayib qoladi, o’zini idora
qila olmay har tomonga uradi, hatto, xavf-xatarga
ham o’zini tashlashi mumkin.
Ba’zi holatlarda emotsiya ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. U xatti-
harakatga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch bo’lib, shijoatni
oshirib yuboradi va bu holat
Dostları ilə paylaş: