74
Kasbiy faoliyat – bu ijtimoiy muhim faoliyat bo’lib, uni bajarish maxsus
bilimlar, ko’nikma va malakalar, shuningdek, shaxsning
kasbiy shartlangan
sifatlarini talab etadi. Kasbiy faoliyat – bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer).
Muxandis xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini
oshirishda shaxsiy xislatlariga alohida talablar qo’yiladi. Ushbu faoliyat
xodimlarda hissiy-irodaviy barqarorlikni rivojlantirish, zo’riqishni vujudga
keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik tayyorgarlikni
shakllantirishni
talab etadi.
Xodimlarning psixologik tayyorgarligi ularning faoliyat tizimi va kasb
mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va
rivojlangan psixologik xususiyatlari majmui bo’lib, tergov, operativ xizmat va
profilaktik faoliyatning o’ziga xos muhim psixologik xususiyatlariga javob
beradi, ularni amalga oshirishning zarur shart-sharoitlari hisoblanadi. U to’rt
guruhga kiruvchi tarkibiy qismlardan iborat:
–
xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va his-
tuyg’ulari
(o’zi ishlayotgan vaziyatlarni psixologik
jihatlarini va kishilarni
tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi);
–
xodimning kasbiy mahorat va taktik faoliyat samara- dorligini oshirishga
oid psixologik tayyorgarligi.
Ushbu tayyorgarlik kasbiy mahorat samaradorligini
oshirishda, kasbiy faoliyat tizimida psixologik sharoitlarni tushunish va ularni
yarata olishda, kasbiy (nutqli va nutqsiz) harakatlarni amalga oshirishning
psixologik vositalaridan
mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat
vazifalarining samarali hal etilishini ta’minlovchi psixologik usullarning butun
kompleksini mohirlik bilan qo’llay olishda namoyon bo’ladi;
–
xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi
(kasbiy
kuzatish samaradorligini oshirish uchun psixologik asoslangan usul va qoidalarni
qo’llash mahoratini o’z ichiga oladi) rivojlangan kasbiy diqqatlilik,
sezgi va
tasavvur organlarining mashq orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo’lgan
vazifalar uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni tez, to’liq va aniq esda olib
75
qolish, xotirada yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik;
–
psixologik barqarorlik
(xodimning tergov, operativ xizmat faoliyatining
psixologik
jihatdan murakkab, hissiy jihatdan tarang, xavfli va mas’uliyatli
vaziyatlarda xotirjam va ishonch bilan harakat qilish qobiliyatida namoyon
bo’ladi).
Xodimning kasb mahoratini oshirishda uning psixologik bilimlarga egaligi
muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional
ta’lim tizimiga psixologik tayyorgarlikni maqsadga yo’nalgan tarzda oshirib
borishning
maxsus vazifalari, shakl va usullarini kiritish zarurligini
ko’rsatmoqda. Bugungi kunda kasbiy mahorat – ichki ishlar organlarining
faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biridir.
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy mahorati, xodimlarda
operativ xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali
bajarish uchun zarur
bo’lgan xislatlarni shakllantirish, rivojlantirish va faollashtirish bo’yicha maxsus
tashkil etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish va kasbiy qobiliyat
hamda mahoratini rivojlantirishda ular ma’lum bir kasbiy yo’nalishga ega
bo’lmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: