55
keltirmay turib, ishga kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan
natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar ins- tinktiv faoliyatidan tub
farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o’z ichiga qamrab oladi.
Xayol badiiy,
konstruktorlik, ilmiy-adabiy, musiqaviy va, umuman, ijodiy
faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo’ladi.
Xayol –
inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mehnatning oxirgi
va oraliq mahsulotlarida o’z
ifodasini topadi, shuningdek, muammoli vaziyat,
noaniq holatlarda xulq-atvorning namoyon bo’lishini ta’minlaydi. Shu bilan
birga, xayol faol faoliyatni yo’naltiruvchi emas, balki uning o’rnini
almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi.
Xayol tafakkur bilan chambarchas bog’langan. Xayol ham tafakkur singari
kelajakni oldindan ko’rish imkonini beradi. Tafakkur singari xayol shaxslarning
ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ularni
qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni
bu ehtiyojlarning
qondi- rilishi mumkin bo’lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin.
Xayol o’zining faolligi bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda xayol
faoliyatning o’rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida namoyon bo’lishi
mumkin. Mana shunday holatda odam hal qilib bo’lmaydigandek ko’rinadigan
masalalar, turmushning og’ir sharoit- lari, o’z xatolarining ta’qibi va shu
kabilardan qochish uchun real tasavvurlardan uzoq bo’lgan
fantastika olamiga
vaqtincha kirib ketadi.
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga
oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-harakat dasturlarini
belgilaydi. Xayolning bunday shakli
passiv xayol
deyiladi. Kishi passiv xayolni
oldindan o’ylab yuzaga keltirishi mumkin. Ataylab yuzaga keltirilgan, iroda bilan
bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana
shunday
obrazlari
shirin xayol
deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli,
qiziqarli narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana
shunday shirin xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o’rtasidagi aloqa engil namoyon
bo’ladi. Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish hollari
56
ko’proq bo’lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.
Agar kishi passiv bo’lsa, u kelajakda yaxshi hayot
kechirish uchun kurashmasa,
uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko’ngilsiz bo’lsa, bunday holda u o’zining ehtiyojlari
to’la qondiriladigan, istagan narsasini qo’lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid
qila olmaydigan biror mansabni egallaydigan soxta hayotni ko’p xayol qiladi.
Agar passiv xayolni oldindan o’ylab va o’ylamasdan
qilingan turlarga
bo’lish mumkin bo’lsa,
aktiv xayolni
ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga
bo’lish mumkin bo’ladi. O’z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar
tizimini
yaratuvchi xayol
qayta tiklovchi xayol
deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: