15
va shakllanishi sohasidagi vazifalarni echish usullari, yo’llari va sharoitlarini
o’rganuvchi psixologiya yo’nalishidir.
Kasb psixologiyasi
shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o’rganadi.
Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida ko’rib chiqiladi. Kasb
psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini
yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo’yiladigan psixologik talablarni
o’rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi bo’limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida
kasbiy hulq muhim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va
kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor
qaratiladi. Inson va uning kasbi o’rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar
olami tuzilmasi o’rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o’rganib,
shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy
tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga
kirishish va uning hayotga bo’lgan ta’sirini o’rganadi.
Kasb psixologiyasining muhim jihatlari
- bu kasbiy faoliyatning tahlili,
kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o’rganishi, kasbiy talablarni
aniqlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: