20
–
fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish;
–
inson omilini birinchi o’ringa olib chiqish.
Kasbiy psixologiya fanini o’qitishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
–
bo’lg’usi muhandis mutaxassislarni kasbiy psixologik bilimlar bilan
qurollantirish;
–
kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona
foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish;
–
huquq mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama
shakllantirish;
–
huquq yo’nalishida ta’lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy
qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish;
–
kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo’lish va
psixologik aloqa o’rnatish mahoratiga ega bo’lish.
Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko’lamidan kelib
chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi.
1)
psixologik bilimlarni chuqur o’rganish hamda ularni ilmiy jihatdan
sintezlash;
2)
kasbiy tushuncha va kategoriyalarning psixologik mohiyatini ochib
berish;
3)
muxandis xodimlariga asosiy ob’ekt – inson xulq-atvorining ruhiy
jihatlarini tushuntirish;
4)
ijtimoiy munosabatlarga kirishayotgan sub’ektlar o’rtasidagi psixik
jarayonlarni o’rganish va ularning ruhiy holatlarini ko’rsatish.
Dostları ilə paylaş: