194
oldidagi afzalligi shundan iborat. Yozma nutqni ixtiyoriy ravishda tuzish
mumkin, chunki yozganlaringiz doimo ko‘z oldingizda bo‘ladi. Shu bilan birga,
yozma nutq murakkab nutq shakli bo‘lib hisoblanadi, chunki u avvaldan o‘ylab
iboralar tuzish, mulohazalarni aniqroq bayon etishni talab etadi, negaki, unga
emotsional
tus berib, zarur imo-ishoralar bilan amalga oshira olmaymiz.
Nutqning yana bir –
kinestetik
shakli mavjud. Nutqning bu turi insonda o‘tmish
davrlardan buyon saqlanib qolgan. Vaqt o‘tishi bilan nutqning ushbu turi o‘z
vazifalarini yo‘qotgan va hozirda asosan nutqning emotsional-ifodali tarkibiy
qismlari – imo-ishoralar sifatida qo‘llaniladi.
Lekin odamlarning kinestetik nutq avvalgidek nutqning asosiy turi bo‘lib
sanaladigan katta guruhi mavjud. Bunda kar-soqov bo‘lib tug‘ilgan yoki baxtsiz
hodisa yoki kasallik natijasida so‘zlash yoki eshitish qobiliyatidan mahrum
bo‘lgan odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi
zamon kinestetik nutqi
qadimgi kinestetik nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy etgan
bo‘lib, belgili daraklarning yaxlit tizimiga ega.
Nutq turlarining ichki va tashqi nutq turlariga bo‘linishining yana bir umumiy
ko‘rinishi mavjud.
Tashqi nutq muloqot, axborot almashinuv jarayonlari bilan
bog‘liq. Ichki nutq,
avvalambor, tafakkur jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq.
Og‘zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko‘rishda so‘zlovchining o‘z
ichida nutqni qaytarib olish davri mavjud. Mana shu ichki nutqdir. Unga
parchalarga bo‘linganlik xosdir, u vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Ichki nutq tashqi
nutq asosida shakllanadi.
Tashqi nutqning ichki nutqqa ko‘chirilishi (interiorizatsiya) tashqi nutq
tuzilishining qisqarishi
bilan birgalikda kechadi, ichki nutqning tashqi nutqqa
o‘tishi (eksteriorizatsiya) esa, aksincha, ichki nutq tuzilishini ochib berishni, uni
mantiqiy, hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: