190
kinetik nutq
bo‘lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy
obrazli tafakkur bilan
bog‘langan bo‘lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo‘lgan. Majmuiy
kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot etkazishning sodda
tizimiga aytiladi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichida nutq harakatlarining asta-sekin mehnat
faoliyatidan ajralib, nutq vositalari sifatida ixtisoslashi, ya’ni, ularning
jestlar
ga
aylanishi bilan bog‘liq. Harakatlarning nutqiy
va mehnat harakatlariga
bo‘linishiga odamlar mehnat faoliyatining murakkablashishi sabab bo‘ldi.
Natijada maxsus
qo‘l bola til
va
qo‘l
(kinetik)
nutqi
paydo bo‘ldi.
Shunday
qilib, odam qo‘li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo‘lib qoldi.
Tovushli nutqqa o‘tish, taxminan, 100 ming yillar avval boshlangan bo‘lishi
mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi
bo‘linishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qo‘l nutqi bajara olmaydigan jism va hodisalar
alohida
tushunchalar
tizimida
aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo‘lgan talab
paydo bo‘ldi.
Muloqot jarayonida qo‘l imo-ishoralari ma’lum mujmal tovushli ovoz bilan
birga ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt
o‘tishi bilan ular kinetik nutq bajargan vazifalarni o‘z zimmalariga oldilar,
bundan
tashqari, odam nutqi taraqqiyotini ta’minlab berdilar. Shunday qilib,
nutq va til yangi sifat darajasi – tovushli aniq nutq darajasiga ko‘tarildilar.
Dastlab tovushli nutq takomillashmagan edi. So‘zlar, birlamchi, qo‘l imo-
ishoralari
kabi juda umumiy, noaniq ma’noga ega edi. Bir xil so‘z mazmuni
turlicha bo‘lgan jismlarni belgilashda qo‘llanilishi mumkin edi (ibtidoiy
polisemantizm). Ilk so‘zlar yaxlit iboralar bilan ifodalangan, deb taxmin qilish
mumkin, dastlabki nutq shakllari juda oddiy bo‘lgan. Ularda yashirin ma’no,
jumlalar bo‘lmagan.
Nutq aniq maqsadlarda, qandaydir ma’lumotni
etkazishdagina ishlatilgan. So‘ngra mehnat ta’sirida so‘z ma’nolari rivojlana
borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo‘lgan
tilning shakllanishiga olib keldi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi
Dostları ilə paylaş: