Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Kasb tanlashga yo’llashning psixologik jihatlarini tushuntiring.
2. Kasb tanlashga yo’llashning mohiyati va mazmunini izohlab bering.
3. Kasb tanlashga yo’llash asoslari to’g’risidagi ta’limot, fan, texnika va ijtimoiy 
taraqqiyot, kasbni to’g’ri tanlashning ahamiyati, kasbga bo’lgan qiziqishni 
shakllantirish mazmunini tushuntiring.
4. Professiogramma nima?
5. Kasb qanday tanlanadi?
6. Kasblar tavsifi – professiogramma nimani bildiradi?
7. Kasb tanlashga yo’llashga qo’yiladigan talablar va xatoliklar qaysilar?


110 
8. Psixologiyaning asosiy printsiplari va ularning kasb tanlash ishlaridagi 
ahamiyati.
 
 
 
V. KASBLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI VA UNING MOHIYATI 
Reja 
1.
Kasb tushunchasining mohiyati. 
2.
Kasblarni tizimlashtirish va kasb tipologiyasi. 
3.
Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti. 
1.
 
Kasb tushunchasining mohiyati 
 
Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi xilma-xil talqinda 
keltiriladi. Jumladan, kasb-maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum 
bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, 
amaliy ko’nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy 
qobiliyat va yuridik huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining 
(mashg’ulotining) turidir.
Lug’aviy jihatdan kasb yoki - kasb qilmoq kabi so’z va tushunchalar arab tilidan 
kirib kelgan bo’lib, (kasaba) fe’lining o’zagi hisoblanadi. Arab tilidagi kasaba so’zi 
qo’lga kiritmoq, ishlab topmoq, qozonmoq, biror ishni bajarmoq, qandaydir foyda-
manfaatga erishmoq, yutuqqa ega bo’lmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Kasb bir xil 
faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum 
aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi. E.A.Klimov o’z ishlarida kasb 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli 
soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga 
sarflangan mehnat o’rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili 
sifatida namoyon bo’ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritirib, kasb bu - kasbiy 
faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o’zini namoyon etish 
sohasi deb ta’riflaydi.


111 
V.G.Makushinning fikricha, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida 
shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar 
asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, kasb 
tushunchasiga quyidagicha zamonaviy ta’rif beramiz. Kasb mehnat faoliyatining 
paydo bo’lgan shakli bo’lib, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi jarayonida 
mazmunan va shaklan o’zgarib boradi, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum 
kasbiy kompetentsiyalarga, maxsus qobiliyatlar va muhim kasbiy sifatlarga ega 
bo’lishlari kerak.
Kasbshunoslik nazariyasida “kasb” va “mutaxassislik” tushunchalari 
farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko’ra kengroq tushuncha bo’lib, kasbiy 
salohiyatida tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy 
avtonomiya, o’zini nazorat qilish, guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. 
Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor; 
mutaxassisliklar - terapevt, pediatr akulist, urolog, va hokazo. Kasb – muhandis; 
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar.
Mutaxassislik - kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi 
maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar komplektsi bo’lib, ular u yoki bu kasb 
doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, 
mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki 
o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik tushunchasi 
xam keng qo’llaniladi. Ixtisoslik – birorta kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi 
uchun maxsus tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, 
ko’nikma va malakalar majmuasi.
Kasbga oid tadqiqotlarni yoritishda “kasbiy shakllanish”, “kasbiy 
tayyorgarlik” kategoriyalarini tadqiq etish maqsadga muvofiq. Dastlab kasbiy 
shakllanish jarayonining pedagogik jihatlarini shaxs rivojlanish jarayonidan farqlab 
olishga e’tibor qaratildi.
Birinchi holatda, kasbiy shakllanish shaxs rivojlanish shakllaridan biri
ikkinchidan esa, kasbiy shakllanish shaxsni rivojlantirish (mustaqil ta’lim va o’z-


112 
o’zini rivojlantirish jarayonlarida) vositasida sifatida qaraladi. Har ikki jihat 
o’rtasida «bir butun - qism» ko’rinishdagi tarbiya, ijtimoiylashuv kabilardan iborat. 
Kasbiy shakllanish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, 
balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo’lishi ham talab etiladi.
O’rganilgan barcha metodik xarakterga ega bo’lgan ilmiy izlanishlar va 
tadqiqotlarda kasbiy shakllanish ongli ravishda kasb tanlashda muhim ahamiyat 
kasb etishi ta’kidlangan.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arziqulov o’quvchilarining kasbiy 
shakllanish jarayonini tabaqalashtirilgan ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida 
e’tirof etadi. Ushbu tadqiqotlarda kasbiy yo’naltirilganlikni shakllantirish 
maqsadida tabaqalashtirilgan ta’limning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish 
muammolari, tabaqalashtirilgan ta’limning kasb tanlash motivatsiyasiga ta’siri 
qarab chiqilgan.
Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy 
tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy 
sog’lig’i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati 
talablariga mosligi darajasi tushuniladi. Mashhur rus psixologi K.K.Platonov 
mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu o’zining muayyan kasbiy faoliyatini 
bajarishga qodir va tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga 
intiluvchi shaxsning sub’ektiv holatidir - deb hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy 
tayyorligi murakkab ko’p darajali va ko’rinishli tizimli psixik shaklga ega bo’lib, 
birinchi navbatda odamning shaxsiy ko’rinishi asosiy o’rin egallaydi. Shu bilan 
birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sog’liqni kasbiy 
faoliyat uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini 
talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy 
energiya sarflashini ko’zda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita 
o’zaro bog’liq bo’lgan tomonlarni ko’rsatish maqsadga muvofiq. Bu o’zaro bog’liq 
tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab 
chiqilgan bo’lib ular quyidagilardan iborat:


113 
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi 
mutaxassisning bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo’ladi, ya’ni, statik 
komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko’nikma, malakalar kasb 
uchun muhim hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va 
qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo’lgan kasbiy 
imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning 
kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o’zgaruvchanligi, har qanday holat 
va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, 
jamoadagi ma’naviy psixologik muhitga bog’liqligi bilan ifodalanadi. 
Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni 
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga 
dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi 
hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin