166
aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq
tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov
odamlarda ham nutq
shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr
yuritamiz.
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin,
tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur
jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy
maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan
iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning
natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-
tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan
harakatlar va
muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy
faoliyat.
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi
sababiy-oqibat
aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini
beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur
faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik
jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq
darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi.
Lekin
hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro
ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida
miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan
tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan
ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi
miya nutq
markazlari ham katta ahamiyatga ega.
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy
tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-
167
obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: