a) amaliy jihatdan fahmli; b) texnik moslamalarni tahlil qila olish qobiliyati; v) narsalarni montaj qilib qismlardan butun hosil qila olish qobiliyati bo‘lishi shart. M.G.Davletshin texnikaviy iste’dod ko‘rsatkichlarini an’anaviy baholashni
tan olgan holda (ko‘z bilan chamalash, fazoviy tasavvur, texnikaviy tahlil,
konstruksiyalash qobiliyati) o‘zining original yondashuvini ishlab chiqqan.
Texnikaviy qobiliyat darajasini tashxis qilish uchun tekshirishlarda ishlab
chiqilgan eksperimental masalalarning to‘qqizta seriyasidan foydalanadi.
163
B.R.Qodirovning fikricha: “Ma’lum bir faoliyatga qiziqmay turib qobiliyat
haqida gapirib bo‘lmaydi. Va o‘z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali
iste’dodli degani emas. Ko‘p qirrali va rivojlangan qobiliyatlar iste’dodli bola
shaxsining moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha, iste’dodli bola
qobiliyatsiz bo‘lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, iste’dodli bola
sof fikrli, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan
hozirjavob, nodir shaxsiy xususiyatlarga to‘la boladir.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 1.
Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmun mohiyati nimadan iborat?
2.
Kasbiy sifatlarning qaysi olimlar tomonidan o‘rganilgan?
3.
Qobiliyat tushunchasini yoritib bering.
4.
Muxandis-texnik xodim faoliyatiga xos qobiliyatlarni yoritib bering.
164
IX. TAFAKKUR. INTELLEKT. NUTQ Reja 1.
Tafakkur, uning xususiyatlari va turlari.
2.
Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari
3.
Intellekt haqida tushuncha.
4.
Nutq va uning turlari.