162
3)
matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini taxmin qilishga asos bo‘ladigan tashqi
alomatlarni belgilash mumkin. ular quyidagilardir:
1.
o‘quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi,
hech kim majbur qilmasdan, o‘zining bo‘sh vaqtini sarflab, matematika bilan
bajonidil shug‘ullanishga moyillik;
2.
muayyan matematik ko‘nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq
yoshda o‘zlashtirish qobiliyati;
3.
matematikani o‘zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4.
matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Psixolog M.G.Davletshin texnikaviy qobiliyat ustida tadqiqot ishlari olib
borgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Muallif texnikaviy qobiliyat deganda
shaxsning individual psixik xususiyatlaridan tuzilgan shunday o‘ziga xos
birikmalarni tushunadiki, u shaxsning texnikaviy faoliyatga yaroqlilik darajasini va
u bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullana olishini aniqlaydi.
M.G.Davletshin ham an’anaviy yo‘ldan borib, texnikaviy qobiliyatlarni
ikkita o‘sha nomdagi tipga ajratadi hamda yetakchi tayanch xususiyatlarini
o‘zgarishsiz qoldiradi. Lekin boshqalardan farqli o‘laroq, bunda yetakchi
xususiyatlar rivojlangan texnikaviy fikrlash va fazoviy tasavvurdan iboratdir.
Uning talqinicha, texnikaviy iste’dodli shaxs bo‘lish uchun unda
Dostları ilə paylaş: