Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Matematik qobiliyat
matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza 
yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani 
idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr 
yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi 
kabilar. 
Adabiy qobiliyat
nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada 
yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonligini, «til zehni», behisob xayolan ruhiyatga 
qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. 
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‘lib, nazariy 
qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo‘ladi.
O‘quv qobiliyatlari bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, shaxs – 
shakllanishi, pedagogik ta’sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o‘ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma’naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi 
g‘oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo‘ladi. 
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida «badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga 
ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab 


160 
beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va 
ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotga asoslanadi. Birinchi 
signallar tizimi obrazlar, emotsiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar 
haqida so‘zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov 
tomonidan «signallarning signali» deb nomlangan edi.
I.P.Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan tipologiyani quyidagicha 
tushuntirish mumkin:
1)
 
shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik 
qilsa, bu inson 
«badiiy»
tipga taaluqlidir; 
2)
 
mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa, bu shaxs 
«fikrlovchi»
tipga mansubdir
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi 
sezilmasa) bu inson 
“aralash
” tipga mansub odamdir; 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin