Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


birinchisi kasbiy taraqqiyotga, shaxsning o‘z  ustida ishlashiga yo‘naltirilgan,  ikkinchisi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
birinchisi
kasbiy taraqqiyotga, shaxsning o‘z 
ustida ishlashiga yo‘naltirilgan, 
ikkinchisi
esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy 
tomonlari va omillariga yo‘naltirilgandir. 
M.Argayl 1970 yillarning boshlaridayoq kasbiy sifatlar va individning 
kasbiy shakllanishi orasidagi bog‘liqlik haqida yozib qoldirgan. Shu bilan bir 
qatorda o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan murakkab jarayon sifatida ko‘rib 
chiqilgan: kasbiy treninglar, faoliyatni amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan 
talablar va standartlarni o‘zlashtirish, kasbiy guruh doirasida xulq-atvor 
normalarini tushunish va boshqalar. Aynan mehnat jamoasidagi boshqa shaxslar 
bilan o‘zaro hamkorlik individga o‘zi egallab turgan kasbning aniq standartlarini 
o‘zlashtirish imkonini beradi.
Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelishi va 
shakllanishini aytib o‘tgan. Kareraning o‘sishi turli kasbiy sifatlarning o‘zgarishi 
bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan biroz umumiyroq konseptual 
sifatlarga o‘tish sodir bo‘ladi. Aynan konseptual sifatlar lavozimidagi o‘sishni va 
kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi. 
R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy 
talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining 
shakllanish jarayoni insonga kasbiy o‘z-o‘zini boshqarish imkonini beruvchi 
kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta’sirlarning 
o‘zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi. 


153 
S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va 
mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan 
bog‘liq bo‘lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o‘zaro muvofiqligi 
asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb 
nomlari o‘ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o‘z-
o‘zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o‘tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari 
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi 
ham ta’sir qiladi. 
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni 
amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini 
rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni 
qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar. 
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‘oyasi 
“psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‘laligicha aks ettirilgan bo‘lib, u kasbiy 
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu 
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli 
alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning 
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va 
o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar 
guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir 
o‘tkazadi. 
Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishda kasbiy muhit ta’sirida inson 
o‘zining verbal va noverbal xatti-harakatini qayta qurish vaziyatlari batafsil 
yoritilgan adabiyotlarga e’tibor qaratish lozim. Shunday qilib, inson xulq-
atvorining faoliyat va mehnat jamoasi talablari bilan muvofiqligini tadqiq qilish 
Dj.Xollandning tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‘z aksini 
topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning mehnat natijasi va 
mehnattdan qoniqqanlikka, individual salomatlik va boshqalarga ta’sirining turli 
aspektlari o‘rganilgan. 


154 
A.Mishel va S.Vortning bank xodimlarida olib borgan tadqiqotlarida 
kuzatishimiz mumkin. Bunda mualliflar umumiy faoliyatdagi hamkasblarning 
qiziqishlari qanday qilib yangi kasbiy sifatlarning yuzaga kelishi, shaxsning 
individual sifatlari va kognitiv jarayonlari o‘zgarishiga ta’sir qilishini ko‘rsatib 
berganlar. Mualliflar “Men”ni tushuntirish uchun kognitiv yoki ijtimoiy madaniy 
omillarni qo‘llash lozimligini ta’kidlaydilar. Ularning ishlarida kasbiy sifatlar 
guruh madaniyatining tashkiliy darajasiga o‘zaro ta’sir qiluvchi u yoki bu 
omillarning ta’siri ostida shakllanadi. 
Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida namoyon bo‘ladi va 
sub’ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra kasbiy sifatlar – bu dinamik, shu bilan bir qatorda 
muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar ta’sirida 
inson o‘ziga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda inson 
ba’zida tarixdagi voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar P.Berger 
va T.Lukmanlarning ta’kidlashicha, kelajakda barcha ijtimoiylashgan insonlar 
“o‘zlariga hiyonat” qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan “Men”ni u yoki bu vaziyatda 
qanday bo‘lganligiga bog‘liq. 
O‘zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini qayta qurish 
uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‘zining tadqiqotlarida Dj.Kellining 
shaxs tuzilishi testining zamonaviy interpretatsiyasini qo‘llab, repertuarlar 
yacheykasi texnikasi yordamida kasbiy sifatlar tuzilishini tahlil qilib beradi. 
Kasbiy sifatlar tuzilishi o‘zida asosiy uchta blokni mujassamlashtiradi: elementlar 
tizimi, o‘zaro ta’sir holatlari tizimi va mavjud faoliyatlar tizimi; birinchi va 
uchinchi tizimlar kasbiy sifatlar tuzilishining asosiy komponenti hisoblanadi. 
Shaxs tuzilishi normativ madaniy ahamiyatlilik darajasidan kelib chiqqan holda 
sodir bo‘lib, u individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir. 
Shuning uchun ham shaxs konsepsiyasi va faoliyatida ijtimoiy va predmetlar 
olamini eksperimental tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy ustanovkalar
namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy kontekstini 


155 
muvofiqligi muammosi kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon olimlarining 
ishlarida ham o‘z aksini topgan. 
L.B.Shneyder asos solgan kasbiy sifatlarni tadbiq qilishning zamonaviy 
yo‘nalishida ushbu fenomen kasbiy o‘z-o‘zini anglash sifatida ko‘rib chiqiladi, 
bunda shaxs o‘zini muayyan bir kasb va mehnat jamoasining vakili sifatida 
anglaydi, o‘z menining kognitiv emotsional hulq – atvor jihatidan tavsiflashda 
o‘zini ishini boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin