149
Ta’lim dasturlarida ko‘pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalarini
shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan
alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning
chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish
joylarida xodimlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi.
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv
tavsifnomasini yetarli darajada ta’minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni qamrab
oladi.
Birinchi bosqichda
ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik
xususiyatlari baholanadi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu faoliyatni o‘rganish yoki
ishlab chiqilgan me’yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, ko‘rsatma, texnologik
xarita, o‘quv dasturlari, ma’lumotnomalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu
bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay
vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi
Faoliyatni o‘rganish asosida ushbu mutaxassislik bo‘yicha nomzodga qo‘yiladigan
talablar tizimi ishlab chiqildi:
-tibbiy talablar (sog‘liq holati, umumiy tibbiy ko‘rsatkichlar);
-talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi);
-xarakterologik talablar (xarakter va shaxs xususiyatlari, motivasiya);
-psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya tezligi,
emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va boshqalar)
Ikkinchi bosqich
shaxsning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun
izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar,
tavsiyanomalar, suhbat usullari qo‘llaniladi. Tanlangan metodikalar qator
talablarga, jumladan, ma’lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim.
Dostları ilə paylaş: