146
2. Kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi omillar
A.A.Rusalinova tomonidan kasb tanlashning 3 ta omili ajratib ko‘rsatiladi:
-moddiy motivlar (kasb orqali moddiy ta’minlanganlik);
-ijtimoiy mavqei (kasbning jamiyatdagi o‘rni va qadri);
-shaxsning qiziqishlari darajasi (bu shaxsning kasbdan qoniqishi va uning
ko‘rsatishi bilan bog‘liq darajada).
U yoki bu kasbni tanlashga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:
-tanlagan kasbiga
shaxsiy layoqatning mavjudligi;
-kasbni shaxs qiziqishlari va intilishlari bilan muvofiqligi;
-tanlangan kasbni egallash uchun moddiy imkoniyatlarni
yetarli ekanligi;
-tanlagan kasbni egallash oson va qulayligi;
-tanlagan kasbi doirasida ish topishning
osonligi va karera qilish
imkoniyatining mavjudligi;
-ko‘p
miqdordagi oylik maoshi;
-ota-ona va do‘stlari tomonidan beriladigan maslahat.
Kasbiy layoqat tizimi ijtimoiy muassasa sifatida o‘zaro bog‘liq darajalardan
iborat:
Birinchi daraja
– kasbiy muhitni o‘rganish va tahlil qilish. Buning uchun kasb
va mutaxassislikni shaxsga qo‘yadigan talablar nuqtai nazaridan ko‘rib chiquvchi
professiografiya qo‘llaniladi. Professiografiya kasblar tasnifini ham o‘zida
mujassamlaydi. Ma’lumki, kasblar tavsifi
turli mezonlarga asoslanadi, ya’ni
texnologik, iqtisodiy,
gigienik, ahloqiy, psixologik va boshqalar. Kasblarning
psixologik tavsifi psixogramma deyiladi. Bunda subektning psixologik sifatlariga
qo‘yiladigan talablar keltiriladi.
Ikkinchi daraja – mehnat ekspertizasi
. Mehnat ekspertizasi – bu shaxsning
muayyan kasb bo‘yicha mehnatga layoqatliligini aniqlashdir.
Ekspertiza
o‘tkazishning maxsus tizimlari mavjud, ya’ni
tibbiy-mehnat ekspertizasi
komissiyasidir.
Mehnat ekspertizasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
147
1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sog‘lig‘i nuqtai nazaridan).
2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish.
3.Ishga yaroqsiz xodimlarni o‘z vaqtida ishdan ozod qilish.
4.Shaxsga mos ishni aniqlash.
Dostları ilə paylaş: