Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
2 5208751846268607301

G’oziev E. Umumiy psixologiya. – Т., 2002. – Б. 25 



– 
pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; 
– 
yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug’ilganidan to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va 
o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi 
tamoyillarini o’rganadi; 
– 
ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari 
natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinma 
va xulq-atvorlarni o’rganadi; 
– 
muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari 
operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va 
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi; 
– harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon 
bo’ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o’rtasidagi 
munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi; 
– 
savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, 
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat 
ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi; 
– 
tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. 
Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, 
boshqaruv 
psixologiyasi, 
shaxs 
psixologiyasi, 
sport 
psixologiyasi, 
psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko’plab sohalar mavjudki, 
ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning 
fan sifatidagi o’rni va maqsadidan kelib chiqadi. Texnik muxandis xodimlarning 
faoliyati jamiyatda mavjud bo’lgan barcha kasblardan, avtomatlashtirilgan 
boshqaruv tizimlari sifatida ish ko’rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat 
ma’lum psixologik qonunlar, usullar asosida ish ko’rishni talab etadi. Bu esa 
texnik muxandis xodimlarning faoliyatida yuz beradigan psixik holat va 
jarayonlarni alohida fan – kasbiy psixologiya sifatida o’rganishni taqozo etadi. 



Xo’sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima? 
Kasbiy psixologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy psixologiya fani 
tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o’ziga xos 
predmet bo’lib, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va 
muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. 
Insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi. 
Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli 
faoliyatlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Bundan ko’rinadiki, har ikkala 
fanning ob’ekti va sub’ekti shaxs, inson hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya 
tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni soxaviy, masalan, texnik 
muxandis xodimlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini 
o’rganishga bag’ishlangan fan hisoblanadi. 
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning 
qonuniyatlarini o’rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun 
tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, 
odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va 
qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining 
psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan. 
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis xodimlar 
faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro 
munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va 
malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat: 
– 
texnik muxandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o’rganishdan 
hosil bo’lgan bilimlar; 
– 
texnik muxandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik 
holatidan hosil bo’lgan xulosalar; 
– 
texnik muxandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va 



faolligini o’rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar. 
Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o’z ob’ekti mavjud, 
ular quyidagilardan iborat: 
– 
texnik muxandis idoralar xodimlarining psixologiyasi; 
– 
texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi; 
– 
fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; 
– 
shaxsning tuzilishi; 
– 
shaxsning faoliyati; 
– 
shaxsning faolligi va uning shakllari. 
Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi 
mavjud: 
1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik 
masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo’nalishlarini paydo bo’lishi, shuningdek 
psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mexnat sharoitlari va usullari, 
ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining 
shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi. 
2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mexnat psixologiyasining 
rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining 
mehnatda namoyon bo’lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy 
maslahat va mexnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 
3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal 
qiluvchi mexnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo 
bo’lishi mexnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana 
boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo’yicha 
tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi 
va birinchilardan bo’lib AQShda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko’zga 
tashlangan. 
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, “kasbga 
yo’naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib 


10 
borgan. Xususan, “Differentsial diagnostik so’rovnoma” (DDS) metodikasini 
ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning 
kasbiy mexnatga o’rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko’nikma va 
malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb 
psixologiyasi masalalarini o’rganish bo’yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, 
B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug’llanganlar.
Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining 
faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, 
rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin