34
–
ixtiyorsiz diqqat;
–
ixtiyoriy diqqat;
–
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil
bo’ladi va qo’llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishi jismoniy,
psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos
keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz
diqqatni qo’zg’aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita
qiziqishning roli benihoya
kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning
uzoq vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat
shaxsning umumiy yo’nalganligiga ham bog’liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan
va tartibga solinadigan
diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo’ladi.
Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o’z oldiga ma’lum bir vazifa qo’ygan va harakat
dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo’lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs
uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va
jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo’lishi natijasida qiziqib,
kirishib
ketish xususiyatida namoyon bo’ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy
diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o’tish uchun ish jarayonini faollashtirish
talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda,
uning
yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish
va qiziqish uyg’otish qonuniyatlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: