6
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr
va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan,
tartibga solingan
1
. Psixikaning
asosiy vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat
etishdir. Ruxiyatning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi
ruxiy (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat),
ruxiy holatlar (hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik,
qiziquvchanlik,
hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo’nalishlar,
temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish
uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari,
shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil
ko’rinishlarini o’rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha “psyche” va “logos”
so’zidan olingan bo’lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni
anglatadi. Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o’rniga «psixika»
atamasini
qo’llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika»
tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi
kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko’lamga ega bo’lib, inson
ruhiyatining ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmas tomonlarini o’zida
aks ettiradi. Psixologiya fanining o’rganadigan sohasiga psixika, ong va
ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob’ekt
haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Ob’ekt – kishilarning diqqatini o’ziga
tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq
haqidagi bilimlar).
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik
psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi,
muhandislik
psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi,
savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linadi. Bunda:
–
umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va
ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus soha hisoblanadi;
1
Dostları ilə paylaş: