“Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub’ektining kasbga egalik
qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim,
ko‘nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi va namoyon bo‘lishi asosida
ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo‘llaniladi. Mehnat
127
sub’ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga
egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta’kidlashicha, “kasbiy
shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va
psixologik sifatlariga bo‘lgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda
mavjud bo‘lgan va uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan
kasbiy yo‘naltirilgan xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qo‘llaniladi”.
Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib ko‘rsatgan:
“shaxsning o‘zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus
nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o‘zini mutaxassis
sifatidagi to‘liq obrazi; kasb yordamida o‘zini-o‘zi rivojlantirish va etishmaydigan
xususiyatlarning o‘rnini qoplash qobiliyati va x.k.”
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor
jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini,
kasbiy yaroqliligini, o‘z ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi
mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo‘llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy
faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va
boshqa) qo‘yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. YUqori kasbiy malaka
mehnat sub’ekti etukligini shakllanishining va namoyon bo‘lishining muhim sharti
hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik etarli darajada bo‘lmasa
ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.
Ko‘p qo‘llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va
kasbiy etuklikni baholovchi me’yor bo‘lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat
sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq
faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat
sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy
vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo‘yicha
tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha,
muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda
ko‘proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko‘ra, kasbiy kompetentlikning
xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda),
128
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o‘zini-o‘zi
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim
mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi
kompetentlikni ham ajratib ko‘rsatadilar.
Kompetentlikning yuqorida sanab o‘tilgan turlari albatta bir insonni to‘liq
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin,
lekin o‘zini-o‘zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega
bo‘lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo‘la
turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo‘lishi mumkin.
Aytish mumkinki, o‘z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning
professionalizatsiyani
yo‘nalganligi,
ko‘rsatgichi
va
mazmuni
hamda
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik,
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir.
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini
aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon
bo‘lishi va shakllanishining ahamiyati;
SHaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi;
Kompetentlikning
tabiati
kognitiv,
emotsional
va
irodaviy
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni
echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo‘lishiga
asoslangan bo‘ladi;
Kompetentlik faqatgina o‘zining faol komponentlari hisobiga emas, balki
yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan passiv
komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi;
Kompetentlik o‘zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini
o‘rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan,
ko‘p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi.
129
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy
sifatlardan tashqari o‘ziga ishonch (o‘zining kasbiy bilimlariga, liderlik
qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega
bo‘lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani
qo‘llashdagi samarali faoliyat; o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish
qobiliyatlariga ega bo‘lish; o‘zini-o‘zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab
muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qat’iyatlilik,
kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
E.F.Zeerning
ta’kidlashicha,
kasbiy
kompetentlikning
funksional
taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog‘ida kompetentlikning
turli ko‘rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs
sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko‘rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning
asosiy darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o‘z-o‘zini anglash, o‘z kuchiga
ishonish, o‘zga insonlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilish
va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi.
Taxmin qilish mumkinki, mehnat sub’ektining sanab o‘tilgan
professionallashuv ko‘rsatkichlari, mutaxassis bo‘lish (malaka, kompetentlik) va
sub’ektning kasbiy etukligi orasida o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sir mavjud.
Dostları ilə paylaş: |