Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
2 5208751846268607301

Obektiv omillar sirasiga eng avvalo, shaxsning sog‘lomlik darajasi kiradi. 
Ayrim shunday kasblar borki, insonning jismoniy salomatligiga muayyan 
talablarni qo‘yadi. Navbatdagi obektiv omillar qatoriga ta’lim olish uchun moddiy 
ta’minlanganlik darajasi ham kiradi. Muayyan bir kasbni o‘zlashtirish hamda 
moddiy mablag‘ sarfini talab qiladi.
Subektiv omillar orasida shaxs qiziqishi muhim o‘rin egallaydi. Agar kasb 
qanchalik qiziqarli bo‘lsa, ushbu kasbni tanlash ehtimoli yuqori bo‘ladi. 
 
 


146 
2. Kasbiy tanlovga ta’sir etuvchi omillar 
A.A.Rusalinova tomonidan kasb tanlashning 3 ta omili ajratib ko‘rsatiladi: 
-moddiy motivlar (kasb orqali moddiy ta’minlanganlik); 
-ijtimoiy mavqei (kasbning jamiyatdagi o‘rni va qadri); 
-shaxsning qiziqishlari darajasi (bu shaxsning kasbdan qoniqishi va uning 
ko‘rsatishi bilan bog‘liq darajada). 
U yoki bu kasbni tanlashga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:  
-tanlagan kasbiga shaxsiy layoqatning mavjudligi; 
-kasbni shaxs qiziqishlari va intilishlari bilan muvofiqligi; 
-tanlangan kasbni egallash uchun moddiy imkoniyatlarni yetarli ekanligi; 
-tanlagan kasbni egallash oson va qulayligi; 
-tanlagan kasbi doirasida ish topishning osonligi va karera qilish 
imkoniyatining mavjudligi; 
-ko‘p miqdordagi oylik maoshi; 
-ota-ona va do‘stlari tomonidan beriladigan maslahat. 
Kasbiy layoqat tizimi ijtimoiy muassasa sifatida o‘zaro bog‘liq darajalardan 
iborat: 
Birinchi daraja – kasbiy muhitni o‘rganish va tahlil qilish. Buning uchun kasb 
va mutaxassislikni shaxsga qo‘yadigan talablar nuqtai nazaridan ko‘rib chiquvchi 
professiografiya qo‘llaniladi. Professiografiya kasblar tasnifini ham o‘zida 
mujassamlaydi. Ma’lumki, kasblar tavsifi turli mezonlarga asoslanadi, ya’ni 
texnologik, iqtisodiy, gigienik, ahloqiy, psixologik va boshqalar. Kasblarning 
psixologik tavsifi psixogramma deyiladi. Bunda subektning psixologik sifatlariga 
qo‘yiladigan talablar keltiriladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin