136
ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur kiradi. Ushbu
xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar xodimlarning kasbiy
jihatdan muhim ma’lumotlarni
esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga
tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurlarini
rivojlantiradi.
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o’rnatish uquv mahorati
hamda ko’nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Psixologik
tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o’rnatish usullari va yo’llari
tizimini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar bilan tezda aloqa o’rnatish
va ularni o’ziga moyil qilish, odamlarning fikrini eshita olish,
muloqot
jarayonida psixologik to’siqlarni enga olish mahorati shakllangan bo’lishi kerak.
Psixologik tayyorgarlik xodimlarning psixologik aloqa o’rnatish jarayonini
engillashtirishga imkon beruvchi muayyan qoidalarni o’zlashtirishlarini taqozo
etadi.
Hamkasblar bilan muloqotga kirishishning murakkab, nizoli vaziyatlarida
ta’sir etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish.
Xodimlarda nizoli vaziyatni bartaraf etish mahoratini shakllantirish, ularga
nizolarni hal qilish usullarini o’rgatish juda muhim.
Xodimlar faoliyatining
samaradorligi ko’p jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko’rsatishning
ishontirish, majburlash, rag’batlantirish singari muayyan usullaridan mohirlik
bilan foydalanishlariga bog’liq. Xodimlarda nizoli vaziyatda o’zini tutish, turli
taktik usullarini qo’llash hamda nizoli vaziyatdan operativ maqsadda
foydalanish ko’nikmalari ham shakllangan bo’lishi kerak.
O’zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. Xodimlar
kundalik amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi
mumkin bo’lgan ko’plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar.
Psixologik barqarorlik xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik
qobiliyatida namoyon bo’ladigan psixologik
tayyorgarlikning muhim
ko’rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Bu o’rinda xizmat vazifalarini bajarish
137
chog’ida mazkur qiyinchiliklarni oldindan ko’rish qobiliyatini shakllantirish
muhim. Psixologik barqa- rorlikning shakllanganligi xodimlarga eng qiyin
psixologik sharoitda o’z vazifalarini kamchiliksiz bajarishlariga yordam beradi.
Bunga mashqlar va amaliy mashg’ulotlar jarayonida og’ir vaziyatlarni
modellashtirish yo’li bilan erishish mumkin.
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga
o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rga- tish. Xodimlarning psixologik
barqarorlik va og’ir vaziyatlarda o’zini tuta bilish qobiliyati ularda mas’uliyat,
muvaffaqiyat- sizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o’zini
boshqara olish, sobitlik kabi muayyan hissiy-irodaviy xislatlarni shakllantirishni
taqozo etadi. Xodimlar o’z xatti- harakatlari va his-tuyg’ularini nazorat qilish va
boshqarish olishlari shart. Ular mashg’ulot va mashqlar jarayonida o’zlarini
boshqarish, asabiy zo’riqishni yo’qotish, ichki imkoniyatlarni qo’yilgan vazifani
bajarishga safarbar qilish usullarini egallashlari kerak.
Irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish. Ish
faoliyatida qiyinchiliklar va to’siqlarga duch keladilar. Bunday vaziyatlarda ular
ushbu qiyinchilik va to’siqlarni engishga undovchi irodaviy faollikni namoyish
etishlariga to’g’ri keladi. Irodaviy harakat ko’nikmalarini rivojlantirishga
mashg’ulotlar jarayonida qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi
muayyan elementlar, to’siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar
jarayonida to’plangan irodaviy faollik
tajribasi shaxs irodasini, irodaviy
xislatlarini rivojlantirishga ta’sir etadi.
Ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyorlik. Muxandis
xodimlar faoliyatiga xos
xususiyatlardan biri shundaki, ta’sir etuvchi omillar ko’pincha stress holatini
keltirib chiqaradi, asab tizimiga haddan tashqari katta og’irlik tushadi. Bu, o’z
navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir
ko’rsatadi. Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari
hamda qisqa vaqt ichida ish qobiliyatini tiklash va ortiqcha asabiy zo’riqishni
bartaraf etishga yordam beradigan usullar (psixologik
boshqaruv mashqlarini
bajarish usullari) bilan tanish bo’lishlari lozim.
138
Turli kasblarning psixologik tuzilishida bilish faoliyati turli mazmunga ega
bo’lishi mumkin. Bu bilish faoliyatining o’ziga xosligini belgilab beruvchi
maqsad, ob’ekt, sharoit va usullarga bog’liq. Ichki ishlar organlari faoliyatdagi
bilish jarayoni ham o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo’lgan va
bilishning samaradorligini ta’minlaydigan xislatlarni rivojlantirish zaruratini
keltirib chiqaradi. Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va
rivojlantirishda maxsus trening katta ahamiyat kasb etadi. Trening jarayonida
mazkur xislatlar rivojlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: