3.
Professional faoliyatni tashkil etish sohasida:
– har bir xodimni tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini inobatga olish;
–
xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun
barcha chora-tadbirlarni ko’rish;
–
xodimlarga hamkasblar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa
o’rnatish mahoratini o’rgatish;
–
xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal
masalalarning echimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-fan
yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga
qo’yish;
–
qo’l ostidagilarni o’z ishini o’zi tahlil qilishga, o’zini o’zi nazorat
qilishga o’rgatish;
–
xodimlarning bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun, oilasining
tinchligi, hayotining sermazmun bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilish;
–
o’zgalarga ruhiy ta’sir o’tkazish usullarini amalda qo’llash- ni o’rgatish
va xodimni janjalli va qo’rqinchli vaziyatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash
ishlarini amalga oshirish;
– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish.
4.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida:
– xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g’oyaviy-
siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol
mafkurasini shakllantirish;
142
–
ularni tanqid va o’z-o’zini tanqid ruhida tarbiyalash;
–
iroda va xarakter kuchini chiniqtirish;
–
jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobi- liyatini hosil
qilish;
–
xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko’rsa- tish;
–
tarbiyalash
jarayonida
o’rgatish va majburlash,
rag’batlan- tirish va jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish;
–
jamoada sog’lom ruhiy muhitni vujudga keltirish;
–
qo’l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash
borasida g’amxo’rlik qilish;
–
tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prin- tsiplarini birga
qo’shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga
asosiy e’tiborni qaratish;
–
xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf- odatlari va tili
bilan bog’liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g’ururni o’stirish va milliy
ongni shakllantirishda unumli foydalanish.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, muxandis xodimlar kasbiy
buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo’nalishda, ya’ni umumiy chora-tadbirlar
va bevosita chora-tadbirlarni qo’llash asosida olib boriladi.
Shunday ekan qonunga bo’ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat va
davlat manfaatlarini chuqur tushunib etish, ijtimoiy burch, ya’ni o’z qilmishlari
uchun davlat oldida javobgarlik tuyg’usi bilan uzviydir. Qonunlarga itoatkor har
bir fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning yuksak manfaatlarini ifoda
etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat xalq manfaatlariga emas, balki
uning o’z manfaatlariga ham xizmat qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma’noda
qonunlarga itoat qilishni xalq birligi va kuch-qudratining manbai deb atash
mumkin.
|