Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101
2 5208751846268607301

Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy faoliyatini o‘rganishda muhim o‘ringa ega. 
Kasbiy moslashuv bu shaxsning asta-sekinlik bilan kasbga kirib borishi va 
malakali mutaxassisga aylanishidir. Kasbiy moslashuv ta’lim bosqichidayoq 
elementar faoliyatga va bevosita ish joyida amalga oshuvchi jarayon tayyorlov 


148 
bosqichiga asoslangan holda o‘zida mujassamlashtiradi. Kasbiy moslashuv 
jarayoni murakkab va shaxsning butun hayotini qamrab oladi va bu vaqtda nafaqat 
kasbiy tajriba, balki mutaxassis shaxsining o‘zi ham shakllanadi. 
Kasbiy yaroqlilik tizimining to‘rtinchi darajasi attestasiya hisoblanadi. Attestasiya 
bu shaxsning kasbiy tavsifnomasini muayyan malaka kategoriyasiga muvofiqligini 
baholash tizimi hisoblanadi. Attestasiya bahosi asosan nomzoding bilim, ko‘nikma 
va malakalari hisobga olinadi. 
Ko‘rsatilgan baholash va kasbiy yaroqlilik tizimi shaxsning obektiv va subektiv 
imkoniyatlarini hisobga olish va mehnat faoliyati uchun qulay muhitni yaratishni 
hisobga olishdan iborat.
Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud: 
1.Aynan psixologik tizim haqida qimmatli ma’lumotlarni olish va diagnostik 
jihatdan qayta ishlash. 
2.Ushbu kasbiy faoliyat turiga nisbatan qobiliyatlarni shakllanishini prognozlash. 
3.Prognozni aniqlashtirish va tekshirish. 
Psixologik mazmunga ko‘ra, kasbiy tanlovning 3 ta jihati ajratib ko‘rsatiladi. 
Birinchi jihat – muayyan kasbni tanlash uchun zarur motivasiyani aniqlash 
va shakllantirish. Bunda shaxsiy qiziqishlar tanlagan kasbning ijtimoiy mavqe, 
uning iqtisodiy manfaatdorligi va nihoyat kasbning shaxs bilimlari bilan 
muvofiqligi kasb tanlashga ta’sir qiladi. Motivasiya mehnat va kasbiy ta’limning 
o‘zida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni o‘z vaqtida 
aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat 
yuritishda shaxsiy qiziqishlarni ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida ushbu 
faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi.
Ikkinchi jihat kasb tanlashning psixofiziologik omillarni talab qilmaydi
lekin shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 
shaxsga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin