Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101
2 5208751846268607301

kinetik nutq bo‘lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy obrazli tafakkur bilan 
bog‘langan bo‘lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo‘lgan. Majmuiy 
kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot etkazishning sodda 
tizimiga aytiladi. 
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichida nutq harakatlarining asta-sekin mehnat 
faoliyatidan ajralib, nutq vositalari sifatida ixtisoslashi, ya’ni, ularning jestlarga 
aylanishi bilan bog‘liq. Harakatlarning nutqiy va mehnat harakatlariga 
bo‘linishiga odamlar mehnat faoliyatining murakkablashishi sabab bo‘ldi. 
Natijada maxsus qo‘l bola til va qo‘l (kinetik) nutqi paydo bo‘ldi. Shunday 
qilib, odam qo‘li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo‘lib qoldi. 
Tovushli nutqqa o‘tish, taxminan, 100 ming yillar avval boshlangan bo‘lishi 
mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi 
bo‘linishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qo‘l nutqi bajara olmaydigan jism va hodisalar 
alohida tushunchalar tizimida aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo‘lgan talab 
paydo bo‘ldi. 
Muloqot jarayonida qo‘l imo-ishoralari ma’lum mujmal tovushli ovoz bilan 
birga ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt 
o‘tishi bilan ular kinetik nutq bajargan vazifalarni o‘z zimmalariga oldilar, 
bundan tashqari, odam nutqi taraqqiyotini ta’minlab berdilar. Shunday qilib, 
nutq va til yangi sifat darajasi – tovushli aniq nutq darajasiga ko‘tarildilar. 
Dastlab tovushli nutq takomillashmagan edi. So‘zlar, birlamchi, qo‘l imo-
ishoralari kabi juda umumiy, noaniq ma’noga ega edi. Bir xil so‘z mazmuni 
turlicha bo‘lgan jismlarni belgilashda qo‘llanilishi mumkin edi (ibtidoiy 
polisemantizm). Ilk so‘zlar yaxlit iboralar bilan ifodalangan, deb taxmin qilish 
mumkin, dastlabki nutq shakllari juda oddiy bo‘lgan. Ularda yashirin ma’no, 
jumlalar bo‘lmagan. Nutq aniq maqsadlarda, qandaydir ma’lumotni 
etkazishdagina ishlatilgan. So‘ngra mehnat ta’sirida so‘z ma’nolari rivojlana 
borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo‘lgan 
tilning shakllanishiga olib keldi. 
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi yozuvning yaratilishidir. Yozuvli nutq 


191 
 
og‘zaki nutq kabi o‘z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o‘tdi. Dastlab yozuv 
belgilari paydo bo‘ldi, keyinroq esa, tovushli nutq paydo bo‘lishi bilan yozuv 
belgilari tovushlar ma’nosini aks ettira boshladi, bu esa harf-fonetik turdagi 
zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga olib keldi 
Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo 
bo‘ldi va u bilan insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlandi. Nutq 
yaxlitligicha ong tomonidan boshqariladi. Ongning asosiy vazifasi – turmushni 
anglash, aks ettirish, til va nutq buni maxsus holatda bajaradilar: ular turmushni, 
belgilagan holda aks ettiradilar. 
Til va nutq o‘zaro farqlanadilar. Til – muloqot vositalarining qat’iy me’yoriy 
tizimi, nutq esa – muloqot jarayonida fikr va hissiyotlarni etkazish uchun 
qo‘llanma. Til uni qo‘llaydigan odamlar uchun bir xildir, nutq individual tarzda 
o‘ziga xos bo‘ladi. Nutqda alohida olingan odam yoki odamlar jamoasining 
psixologiyasi ifodalanadi, til esa o‘zida halq psixologiyasini ifodalaydi. 
shu bilan birga, nuq va tilning o‘zaro aloqasi shubhasizdir, chunki ma’lum tilsiz 
nutq bo‘lmagani kabi, nutqda qo‘llanmaydigan til ham bo‘lmaydi. 
Nutq vazifalari
Таfakkurda 
Darajali 
Ahamiyatli belgilarni 
umumlashtiradi, 
darajalarga ajratadi 
Коmmunikativ 
Jismlar, sifat, harakat, 
munosabatni bildiradi 
Belgilovchi 
Muloqotda 
‐ 
аxborot 
yetkazish; 
‐ odamlar fikri, 
hulq‐аtvorigaа ta’siri; 
Ekspresssiv 
Hissiy holatni ifodalash 
Leksik 
Boshqaruvchi 
So’zning boshqalar 
bilan ma’no bo’yicha 
aloqasini аks ettirish 
(semantik maydon) 
Ichki nutq, o’ziga ichki 
buyruq berish, o’zini 
boshqarish 


192 
Demak, nutq – bu verbal kommunikatsiya, ya’ni, til vositasidagi muloqot 
jarayonidir. Inson nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday 
shaklidan foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy: og‘zaki yoki yozma turlaridan 
biriga tegishli bo‘ladi (2 rasm). 
Bunda ikki tur ma’lum o‘xshashlikka ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlik hozirgi 
zamon tillaridagi yozma nutq, xuddi og‘zaki nutq kabi tovushli ekanligidan 
iborat: yozma nutq belgilari bevosita ma’noni emas, so‘zning tovush tarkibini 
etkazadi. 
Og‘zaki nutqning asosiy boshlang‘ich ko‘rinishi bo‘lib, suhbat shaklida 
kechadigan nutq hisoblanadi. Bunday nutq suhbat yoki dialog deb ataladi. 
Uning asosiy xususiyati suhbatdosh tomonidan faol olib boriladigan nutq 
hisoblanadi, ya’ni, suhbat jarayonida ikki suhbatdosh ishtirok etib, tilning sodda 
gap va iboralarni qo‘llaydilar. Dialog nutqning ochiq holda ifodalanishi talab 
NUTQ 
Nutq turlari tasnifi
Моnolog 
Оg’zaki nutq shakllari 
Dialog 
Yozma 
Оg’zaki 
Ichki 
Кinetik 
Tashqi 
Faol 
Sust 


193 
etmaydi, chunki suhbatdosh suhbat davomida nima haqida so‘z yuritilayotganini 
tushunadi va boshqa suhbatdosh tomonidan bildirilgan iborani fikran yakunlay 
oladi. Shunga o‘xshash vaziyatlarda birgina so‘z boshqa suhbatdosh tomonidan 
aytilgan iborani yakunlab qo‘yishi mumkin. Bunda birgina so‘z yaxlit iboraning 
o‘rnini bosadi. 
Nutqning boshqa shaklini so‘zlovchi tomonidan aytilgan nutq tashkil etadi, 
bunda tinglovchilar uning nutqini idrok qiladilar, lekin unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
qatnashmaydilar. Bunday nutq monolog deb ataladi. Ma’ruzachining nutqi 
monologik nutq hisoblanadi. Bu nutq psixologik jihatdan dialogdan 
murakkabroqdir, chunki u tinglovchidan o‘z mulohazalarini tushunarli, qat’iy 
mantiqqa asoslangan holda bayon qilish malakasini talab etadi. Bunda 
so‘zlovchi etkaziladigan axborotning tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishini 
baholashi zarur, ya’ni, u faqat o‘z nutqinigina emas, balki tinglovchilarni ham 
kuzatishi kerak bo‘ladi.
Dialog ham, monolog ham faol va sust bo‘lishi mumkin. Nutqning faol 
shakli – bu so‘zlovchining nutqi, tinglovchining nutqi esa sust shaklda namoyon 
bo‘ladi. Gap shundaki, tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada,
ichimizda so‘zlovchining so‘zlarini takrorlaymiz. Odamlar faol va sust nutq 
shakllarining rivojlanish darajasiga ko‘ra ajratiladilar. Ko‘pincha odam boshqa 
odamning nutqini yaxshi tushunadi, lekin o‘zining fikrlarini etkazib berolmaydi. 
Va, aksincha, odam etarlicha yaxshi so‘zlab berishi mumkin, lekin boshqalarni 
tinglashni umuman bilmaydi. 
Nutqning boshqa turi yozma nutq hisoblanadi. Yozma va og‘zaki nutqlar 
o‘rtasida psixologik tafovutlar mavjud. Og‘zaki nutqning yozma nutqdan 
farqlaridan biri og‘zaki nutqda so‘zlarning qat’iy ravishda ketma-ket kelishi, bir 
so‘z talaffuz etilganida undan oldin kelgan so‘z na so‘zlovchi va na tinglovchi 
tomonidan idrok qilinmasligidan iborat. Yozma nutqda boshqacharoq: 
yozayotgan ham, o‘qiyotgan ham o‘zlarining idrok maydonlarida bir vaqtning 
o‘zida so‘zlar qatoriga ega bo‘ladilar, ehtiyoj tug‘ilgan vaziyatlarda esa bir 
necha satr yoki sahifa orqaga qaytishlari mumkin. Yozma nutqning og‘zaki nutq 


194 
oldidagi afzalligi shundan iborat. Yozma nutqni ixtiyoriy ravishda tuzish 
mumkin, chunki yozganlaringiz doimo ko‘z oldingizda bo‘ladi. Shu bilan birga, 
yozma nutq murakkab nutq shakli bo‘lib hisoblanadi, chunki u avvaldan o‘ylab 
iboralar tuzish, mulohazalarni aniqroq bayon etishni talab etadi, negaki, unga 
emotsional tus berib, zarur imo-ishoralar bilan amalga oshira olmaymiz. 
Nutqning yana bir – kinestetik shakli mavjud. Nutqning bu turi insonda o‘tmish 
davrlardan buyon saqlanib qolgan. Vaqt o‘tishi bilan nutqning ushbu turi o‘z 
vazifalarini yo‘qotgan va hozirda asosan nutqning emotsional-ifodali tarkibiy 
qismlari – imo-ishoralar sifatida qo‘llaniladi. 
Lekin odamlarning kinestetik nutq avvalgidek nutqning asosiy turi bo‘lib 
sanaladigan katta guruhi mavjud. Bunda kar-soqov bo‘lib tug‘ilgan yoki baxtsiz 
hodisa yoki kasallik natijasida so‘zlash yoki eshitish qobiliyatidan mahrum 
bo‘lgan odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi zamon kinestetik nutqi 
qadimgi kinestetik nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy etgan 
bo‘lib, belgili daraklarning yaxlit tizimiga ega. 
Nutq turlarining ichki va tashqi nutq turlariga bo‘linishining yana bir umumiy 
ko‘rinishi mavjud. Tashqi nutq muloqot, axborot almashinuv jarayonlari bilan 
bog‘liq. Ichki nutq, avvalambor, tafakkur jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq. 
Og‘zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko‘rishda so‘zlovchining o‘z 
ichida nutqni qaytarib olish davri mavjud. Mana shu ichki nutqdir. Unga 
parchalarga bo‘linganlik xosdir, u vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Ichki nutq tashqi 
nutq asosida shakllanadi. 
Tashqi nutqning ichki nutqqa ko‘chirilishi (interiorizatsiya) tashqi nutq 
tuzilishining qisqarishi bilan birgalikda kechadi, ichki nutqning tashqi nutqqa 
o‘tishi (eksteriorizatsiya) esa, aksincha, ichki nutq tuzilishini ochib berishni, uni 
mantiqiy, hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni talab etadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin