189
Til, asosan, har bir so‘z ma’nosini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
So‘zning istalgan ma’nosi umumlashtirishni anglatadi, masalan, slova «odam»,
«mashina», «stol» va boshqalar.
Tildan farqli ravishda nutq deb ma’lumot etkazish, ko‘rsatma, savol, buyruq
berish shaklida amalga oshiriladigan nutqiy muloqot jarayoniga aytiladi. Nutq
yordamida u yoki axborotni etazish uchun ma’lum ma’noga ega bo‘lgan mos
so‘zlarni
tanlash emas, balki ularni aniqlashtirish ham lozim. Nutqdagi har bir
so‘z ma’lum ma’nogacha qisqartirilgan bo‘lishi zarur. Bunga so‘zni ma’lum
kontekstga kiritish bilan erishiladi. Masalan, «bu qanday mashina?» degan savol
bilan bizni jismning o‘zida qiziqtirayotgan
holatni aniqlashtirmoqchi
bo‘lganimizda murojaat qilamiz, agarda «bu kimning mashinasi?»,
deb savol
bersak, bizni jism emas, uning kimga tegishliligi qiziqtirayotgani ma’lum
bo‘ladi.
Nutqda so‘z ifodalari bilan etkaziladigan
mazmundan tashqari, bizning
so‘zlayotganlarimizga nisbatan munosabatimiz ham ifodalanadi.
Bu hodisa
nutqning
emotsional-ifodali jihati deb ataladi va iborani talaffuz qilishda
qo‘llaydigan so‘zlarning jaranglash toni bilan belgilanadi.
Va nihoyat, nutq psixologik jihatdan mohiyatga ega bo‘lgan
u yoki bu ibora
maqsadini aks ettiruvchi kontekstdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, nutqiy muloqot – bu murakkab va ko‘p tomonlama jarayon.
A.N. leontevning fikriga ko‘ra, har bir nutq akti o‘ziga xos nutqning shakli va
turi, aniq sharoitlar va muloqot maqsadlariga ko‘ra, turli nutq vositalarini
qo‘llashni talab etuvchi psixologik muammoning echimini topishdan iborat.
Xuddi shu nutqni tushunishga ham tegishlidir.
Muloqoting universal vositasi sifatidagi hozirgi
zamon nutq holatigacha
odamning uzoq davom etgan filogenezdagi taraqqiyot jarayoni bo‘lib o‘tgan edi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, nutq – bu insonga xos bo‘lgan faoliyat. Nutq
bilan birga til ham, ilk marotaba
faqat insoniylik jamiyatida, hamkorlikdagi
mehnat jarayonida yuzaga keldi.
Hozirgi zamon fan ma’lumotlariga ko‘ra,
dastlabki nutq vositasi majmuiy