Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
2 5208751846268607301

Taqrizchilar: 
Safayev N.S. –
Rasulov A.I. -
Mirashirova N.A.- 
M.Ulug’bek 
nomidagi 
O’zMU 
“Psixologiya” 
kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori;
M.Ulug’bek nomidagi O’zMU “Psixologiya” 
kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi; 
I.Karimov nomidagi TDTU “Pedagogika va 
psixologiya”kafedrasi dotsenti .



KIRISH 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 7 fevral 2017 yil 
farmoni 
bilan 
2017—2021 
yillarga 
mo’ljallangan 
O’zbekistonni 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini
ishlab chiqilishi ta’lim sohasini davlat siyosatida ustuvor o’rin tutish bilan birga 
keng jamoatchilik ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratadi. 
To’rtinchi yo’nalish ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, bunda 
ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish va 
yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bilan birga ta’lim va o’qitish 
sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim 
muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish alohida uqtirib 
o’tildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 14 
maydagi PQ 4319-sonli qarori va Vazirlar mahkamasining 395-sonli qarorini 
targ’ibot qilish yuzasidan beshta muhim tashabbus bo’yicha Yoshlar 
ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini takomillashtirish orqali
ta’lim sohasini tubdan isloh qilishda har bir sohaning “Yo’l xaritalari” ishlab 
chiqilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shu o’rinda talabalarni kasbga 
yo’naltirishda “Kasbiy psixologiya” fani kategoriyalarini o’rgatish eng muhim 
vazifa sanaladi. 
“Kasbiy psixologiya” o’quv kursi texnik oliy ta’lim muassasalari ta’lim 
yo’nalishi talabalarida kasbiy psixologik sifatlarini shakllantirish, ularni kasbga 
tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni o’qitish talaba 
yoshlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg’or 
yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, 
ularda pedagogik - psixologik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy-texnik 
tafakkurni tarkib toptirish, yetakchi faoliyatini to’g’ri tashkil etish malakalarini 
hosil qilishga yo’naltirilgan. 
“Kasbiy psixologiya” fani talabalar ta’lim jarayonini samarali tashkil 
etish, yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir 
zamonaviy psixologik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur 



hajmini, muhandis shaxsda namoyon bo’lishi zarur bo’lgan umumiy kasbiy va 
shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari lozim. Bakalavrlar – bo’lg’usi 
muhandis texnologlarning kasbiy tayyorgarligi ta’lim va ishlab chiqarish 
amaliyoti integrasiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari o’rtasidagi o’zaro 
aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, 
zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan 
holda ta’minlanadi. 
“Kasbiy psixologiya” fanida talabalarni psixologiyaining mohiyati, uning 
metodlari va tamoyillari, shaxsning bilish jarayonlari, individual-tipologik 
xususiyatlari, faoliyati, muloqot va shaxslararo munosabatlar, muhandislik 
psixologiyasining nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimlarni 
uyg’unlashtiradi. Shaxsning emotsional-irodaviy sohasi, hissiyotning umumiy
turlari chuqur tahlil etiladi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan 
uchrashib, muloqotga kirishadi va bu muloqot jarayonida har ikki tomon 
o’zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Ana shu ruhiy 
holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. O’quv qo’llanma, 
Davlat ta’lim standartlari hamda Kasbiy psixologiya fanining o’quv dasturi 
asosida tayyorlandi. Uni tayyorlashda psixolog olimlar – M.I.Enikeev, 
A.M.Chufarovskiy, 
E.G’.G’oziev, 
V.M.Karimova, 
G’.B.Shoumarov, 
S.V.Asyamov va boshqalarning ilmiy ishlaridan keng foydalanildi.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin