2. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Ijtimoiy psixologiya ko’pgina sohalarni o’z ichiga qamrab oluvchi amaliy
fan hisoblanib, bir tomondan psixologiya, ikkinchi tomondan odamshunoslik
fanlari doirasiga kiradi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlarning integrallashuvi
jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo’la boshlagan.
Ijtimoiy psixologiya o’z ichiga munosabatlar psixologiya yo’nalishlarini qamrab
oladi. Gumanistik nuqtai nazardan muxandislik psixologiyasi muammolarini M. M.
Sherbato v (1733–1790) o’rgana boshlagan. XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida I. M. Sechenov, S. M. Bexterov, A. F. Koni faoliyat yuritgan davr kasb
psixologiyaning o’sish davri hisoblanadi. Ishchi xizmatchi-xodim shaxsi
psixologiyasi ustidagi izlanishlar natija bera boshlaydi va ayni shu davrda kasbiy
psixologiyani mustaqil fan sifatida qabul qilish zarurati tug’iladi. Kasb psixologisi
fanining rivojlanishiga S. S. Romanov, M. I. Enikeev, V. L. Vasilevlar katta hissa
qo’shganlar. Kasb psixologiyasi ilmiy-amaliy fan sifatida birinchidan, muxandis
texnik xodim xulqi (axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); ikkinchidan, xulq
(shaxsining xulq-atvori, texnik stereotip, guruh tarkibi, tuzilishi, vaziyat, texnik
xodimning shaxsi, xulq-atvori va ularning xulq genezisdagi roli); uchinchidan,
injenerlik faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, mexnat faoliyati
psixologiyasi kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi. Kasb psixologiyasi
bir qator vazifalarni, jumladan, texnik muxandislik faoliyatida alohida shaxs, guruh
11
va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish; ikkinchidan,
munosabatlarni mustahkamlash, muxandislik ishlarining samaradorligini oshirish
bo’yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.
Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.
1)
mulokot psixologiyasi;
2)
muxandislik psixologiyasi;
Kasbiy psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo’lsak, u
quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
–
Muxandislik psixologiyasi: muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlari operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o’rtasida
Kasbiy
psixologiya
fanining
boshqa fanlar
bilan aloqasi
umumiy
psixologiya
Ijtimoiy
psixologiya
Psixodiagnostika
Pedagogik
psixologiya
Yosh davrlar
psixologiyasi
Eksperimental
psixologiya
Qiyosiy
psixologiya
12
funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat- larini o’rganadi;
Muloqot psixologiyasi: Shaxs ijtimoiylashuvining biologik va ijtimoiy
omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi; ayrim toifadagi shaxslarning mulokati
tipologik tavsifi. Faoliyatda mulokat psixologiyasi,
Ijtimoiy psixologiya va kasbiy psixologiya o’rtasida farq qiluvchi tomonlar
ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1)
kasbiy psixologiya fanining ko’lami ijtimoiy psixologiyaga qaraganda
torroq, chunki u kasbiy holatlar psixologiyasi bilan shug’ullanmaydi;
2)
kasbiy psixologiya fanida nazariyaga qaraganda amaliy holatlar ko’proq,
bu bevosita inson-texnika munosabatlari bilan bog’liq psixik jarayonlarning
o’ziga xosligi bilan ifodalanadi;
3)
kasbiy psixologiya fanining ishlash metodlari aksariyat hollarda
«maxsuslik» xarakteriga ega;
4)
kasbiy psixologiyaning ish uslubi tezkorlik xususiyatiga ega;
5)
kasbiy psixologiya katta psixologik stress holatlarini ham
o’z ichiga oladi;
6)
kasbiy psixologiya texnik muxandis xodimlarining psixologiyasini
shakllantirish va rivojlantirishi bilan ajralib turadi.
Kasbiy psixologiya fani ijtimoiy psixologiya kabi bir necha tarmoqlarga
bo’linadi. Bular:
1)
profilaktika faoliyati psixologiyasi;
2)
muxandislik faoliyati psixologiyasi;
3)
inson-texnika munosabatlari psixologiyasi;
4)
kasbiy faoliyat psixologiyasi.
Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo’lib u o’zining
tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi,
muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya
fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi. Mazkur farqlar jadvalda
qo’yidagicha ifodalaniladi:
|