50
aloqalar o’rnatishga bog’liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo’ladigan ma’noli
aloqalar tasodifiy yuzaga kela- digan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi
bilan ajralib turadi. Mantiqiy eslab qolishning muhim usullaridan biri, avvalo,
manbani guruhlarga ajratish, ya’ni ma’nosi bo’yicha guruhlashtirishdan iborat.
Mexanik usul – ma’nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning
asosini esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash, ma’nosini
anglamasdan turib ko’p martalab idrok etish
tashkil etadi. Mexanik xotira ancha yuqori turdagi
xotiralarning eng oddiy
asosidir, usiz ma’lumotlarni eslab qola olmaymiz.
Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo’ladigan usul. U
asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning
yordamida ma’noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha
kuchaytirish va ma’nosiz mate- rialni mexanik eslab qolish samaradorligini
benihoya oshirish mumkin.
Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur.
Shuningdek, axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim
bo’lsa, shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shuning
uchun ham qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o’zingiz, masalan,
kasbiy faoliyatda maqsadga erishish- ingiz uchun muhimligini ta’kidlab
turishingiz zarur.
Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo’lsa,
shunchalik
mustahkam yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biron
bilimni, qonuniyatni oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji
boricha kengroq qo’llash muhimdir.
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib
qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash
jarayoniga eng ko’p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab
qolish ob’ektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi
mantiqiy aloqalarga asoslanadi.
Qiziqish uyg’otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi.
51
O’zlashtirayotgan narsamizni
bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat
keltiradigan narsalar bilan bog’lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy
shartlaridan biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok
etishga tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo’yish katta aha- miyatga
ega. Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatishi bilan birga, uning
natijalarini oldindan ko’rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi.
Bir vaqtning o’zida yuzaga keladigan tasavvurlar
eslash jarayonida bir-
birini yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab
qolish va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish,
shuningdek, muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini
engillashtiruvchi sun’iy assotsiativ aloqalar o’rnatishni o’rganishimiz zarur.
Xotirani shakllantirish usullari:
–
bilishga bo’lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini
shakllantirish;
–
mantiqiy eslash usullarini o’rganish;
–
javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o’rganishga, qunt qilishga,
o’zini tarbiyalashga e’tibor berish;
–
o’tilgan mashg’ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash,
xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish.
Shu ma’noda muxandisfaoliyatida kasbiy xotira
–
tezkor,
uzoq muddatli, so’z mantiqli shaklda, raqam, son, ism, familiya,
qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyin- chalik farqlay olish)da
namoyon bo’ladi
7
.
Dostları ilə paylaş: