Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Kasbiy tanlovning uchinchi jihati



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
2 5208751846268607301

Kasbiy tanlovning uchinchi jihati – shaxsning stressga barqarorligini 
tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o‘zi yo‘q. Har qanday kasbda tezkor va 
nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. 


149 
Ta’lim dasturlarida ko‘pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalarini 
shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan 
alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning 
chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish 
joylarida xodimlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi. 
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv 
tavsifnomasini yetarli darajada ta’minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni qamrab 
oladi. 
Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik 
xususiyatlari baholanadi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu faoliyatni o‘rganish yoki 
ishlab chiqilgan me’yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, ko‘rsatma, texnologik 
xarita, o‘quv dasturlari, ma’lumotnomalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu 
bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay 
vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi 
Faoliyatni o‘rganish asosida ushbu mutaxassislik bo‘yicha nomzodga qo‘yiladigan 
talablar tizimi ishlab chiqildi: 
-tibbiy talablar (sog‘liq holati, umumiy tibbiy ko‘rsatkichlar); 
-talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi); 
-xarakterologik talablar (xarakter va shaxs xususiyatlari, motivasiya); 
-psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya tezligi
emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va boshqalar) 
Ikkinchi bosqich shaxsning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun 
izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar
tavsiyanomalar, suhbat usullari qo‘llaniladi. Tanlangan metodikalar qator 
talablarga, jumladan, ma’lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin