kinetik nutq bo‘lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy obrazli tafakkur bilan
bog‘langan bo‘lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo‘lgan. Majmuiy
kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot etkazishning sodda
tizimiga aytiladi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichida nutq harakatlarining asta-sekin mehnat
faoliyatidan ajralib, nutq vositalari sifatida ixtisoslashi, ya’ni, ularning jestlarga
aylanishi bilan bog‘liq. Harakatlarning nutqiy va mehnat harakatlariga
bo‘linishiga odamlar mehnat faoliyatining murakkablashishi sabab bo‘ldi.
Natijada maxsus qo‘l bola til va qo‘l (kinetik) nutqi paydo bo‘ldi. Shunday
qilib, odam qo‘li mehnat va muloqotning asosiy vositasi bo‘lib qoldi.
Tovushli nutqqa o‘tish, taxminan, 100 ming yillar avval boshlangan bo‘lishi
mumkin. Bu ishlab chiqarishning rivojlanishi va mehnatning birlamchi
bo‘linishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qo‘l nutqi bajara olmaydigan jism va hodisalar
alohida tushunchalar tizimida aniqroq belgilanadigan, nutqqa bo‘lgan talab
paydo bo‘ldi.
Muloqot jarayonida qo‘l imo-ishoralari ma’lum mujmal tovushli ovoz bilan
birga ijro qilingan. Asta-sekin nutq tovushlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Vaqt
o‘tishi bilan ular kinetik nutq bajargan vazifalarni o‘z zimmalariga oldilar,
bundan tashqari, odam nutqi taraqqiyotini ta’minlab berdilar. Shunday qilib,
nutq va til yangi sifat darajasi – tovushli aniq nutq darajasiga ko‘tarildilar.
Dastlab tovushli nutq takomillashmagan edi. So‘zlar, birlamchi, qo‘l imo-
ishoralari kabi juda umumiy, noaniq ma’noga ega edi. Bir xil so‘z mazmuni
turlicha bo‘lgan jismlarni belgilashda qo‘llanilishi mumkin edi (ibtidoiy
polisemantizm). Ilk so‘zlar yaxlit iboralar bilan ifodalangan, deb taxmin qilish
mumkin, dastlabki nutq shakllari juda oddiy bo‘lgan. Ularda yashirin ma’no,
jumlalar bo‘lmagan. Nutq aniq maqsadlarda, qandaydir ma’lumotni
etkazishdagina ishlatilgan. So‘ngra mehnat ta’sirida so‘z ma’nolari rivojlana
borgan, va bu asta-sekin murakkab morfologiya va sintaksisga ega bo‘lgan
tilning shakllanishiga olib keldi.
Nutq rivojlanishining keyingi bosqichi yozuvning yaratilishidir. Yozuvli nutq
191
og‘zaki nutq kabi o‘z taraqqiyotida bir necha bosqichlardan o‘tdi. Dastlab yozuv
belgilari paydo bo‘ldi, keyinroq esa, tovushli nutq paydo bo‘lishi bilan yozuv
belgilari tovushlar ma’nosini aks ettira boshladi, bu esa harf-fonetik turdagi
zamonaviy yozuvning yuzaga kelishiga olib keldi
Irsiy jihatdan nutq tafakkur bilan birga ijtimoiy-mehnat amaliyotida paydo
bo‘ldi va u bilan insoniyat ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlandi. Nutq
yaxlitligicha ong tomonidan boshqariladi. Ongning asosiy vazifasi – turmushni
anglash, aks ettirish, til va nutq buni maxsus holatda bajaradilar: ular turmushni,
belgilagan holda aks ettiradilar.
Til va nutq o‘zaro farqlanadilar. Til – muloqot vositalarining qat’iy me’yoriy
tizimi, nutq esa – muloqot jarayonida fikr va hissiyotlarni etkazish uchun
qo‘llanma. Til uni qo‘llaydigan odamlar uchun bir xildir, nutq individual tarzda
o‘ziga xos bo‘ladi. Nutqda alohida olingan odam yoki odamlar jamoasining
psixologiyasi ifodalanadi, til esa o‘zida halq psixologiyasini ifodalaydi.
shu bilan birga, nuq va tilning o‘zaro aloqasi shubhasizdir, chunki ma’lum tilsiz
nutq bo‘lmagani kabi, nutqda qo‘llanmaydigan til ham bo‘lmaydi.
Nutq vazifalari
Таfakkurda
Darajali
Ahamiyatli belgilarni
umumlashtiradi,
darajalarga ajratadi
Коmmunikativ
Jismlar, sifat, harakat,
munosabatni bildiradi
Belgilovchi
Muloqotda
‐
аxborot
yetkazish;
‐ odamlar fikri,
hulq‐аtvorigaа ta’siri;
Ekspresssiv
Hissiy holatni ifodalash
Leksik
Boshqaruvchi
So’zning boshqalar
bilan ma’no bo’yicha
aloqasini аks ettirish
(semantik maydon)
Ichki nutq, o’ziga ichki
buyruq berish, o’zini
boshqarish
192
Demak, nutq – bu verbal kommunikatsiya, ya’ni, til vositasidagi muloqot
jarayonidir. Inson nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday
shaklidan foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy: og‘zaki yoki yozma turlaridan
biriga tegishli bo‘ladi (2 rasm).
Bunda ikki tur ma’lum o‘xshashlikka ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlik hozirgi
zamon tillaridagi yozma nutq, xuddi og‘zaki nutq kabi tovushli ekanligidan
iborat: yozma nutq belgilari bevosita ma’noni emas, so‘zning tovush tarkibini
etkazadi.
Og‘zaki nutqning asosiy boshlang‘ich ko‘rinishi bo‘lib, suhbat shaklida
kechadigan nutq hisoblanadi. Bunday nutq suhbat yoki dialog deb ataladi.
Uning asosiy xususiyati suhbatdosh tomonidan faol olib boriladigan nutq
hisoblanadi, ya’ni, suhbat jarayonida ikki suhbatdosh ishtirok etib, tilning sodda
gap va iboralarni qo‘llaydilar. Dialog nutqning ochiq holda ifodalanishi talab
NUTQ
Nutq turlari tasnifi
Моnolog
Оg’zaki nutq shakllari
Dialog
Yozma
Оg’zaki
Ichki
Кinetik
Tashqi
Faol
Sust
193
etmaydi, chunki suhbatdosh suhbat davomida nima haqida so‘z yuritilayotganini
tushunadi va boshqa suhbatdosh tomonidan bildirilgan iborani fikran yakunlay
oladi. Shunga o‘xshash vaziyatlarda birgina so‘z boshqa suhbatdosh tomonidan
aytilgan iborani yakunlab qo‘yishi mumkin. Bunda birgina so‘z yaxlit iboraning
o‘rnini bosadi.
Nutqning boshqa shaklini so‘zlovchi tomonidan aytilgan nutq tashkil etadi,
bunda tinglovchilar uning nutqini idrok qiladilar, lekin unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
qatnashmaydilar. Bunday nutq monolog deb ataladi. Ma’ruzachining nutqi
monologik nutq hisoblanadi. Bu nutq psixologik jihatdan dialogdan
murakkabroqdir, chunki u tinglovchidan o‘z mulohazalarini tushunarli, qat’iy
mantiqqa asoslangan holda bayon qilish malakasini talab etadi. Bunda
so‘zlovchi etkaziladigan axborotning tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishini
baholashi zarur, ya’ni, u faqat o‘z nutqinigina emas, balki tinglovchilarni ham
kuzatishi kerak bo‘ladi.
Dialog ham, monolog ham faol va sust bo‘lishi mumkin. Nutqning faol
shakli – bu so‘zlovchining nutqi, tinglovchining nutqi esa sust shaklda namoyon
bo‘ladi. Gap shundaki, tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada,
ichimizda so‘zlovchining so‘zlarini takrorlaymiz. Odamlar faol va sust nutq
shakllarining rivojlanish darajasiga ko‘ra ajratiladilar. Ko‘pincha odam boshqa
odamning nutqini yaxshi tushunadi, lekin o‘zining fikrlarini etkazib berolmaydi.
Va, aksincha, odam etarlicha yaxshi so‘zlab berishi mumkin, lekin boshqalarni
tinglashni umuman bilmaydi.
Nutqning boshqa turi yozma nutq hisoblanadi. Yozma va og‘zaki nutqlar
o‘rtasida psixologik tafovutlar mavjud. Og‘zaki nutqning yozma nutqdan
farqlaridan biri og‘zaki nutqda so‘zlarning qat’iy ravishda ketma-ket kelishi, bir
so‘z talaffuz etilganida undan oldin kelgan so‘z na so‘zlovchi va na tinglovchi
tomonidan idrok qilinmasligidan iborat. Yozma nutqda boshqacharoq:
yozayotgan ham, o‘qiyotgan ham o‘zlarining idrok maydonlarida bir vaqtning
o‘zida so‘zlar qatoriga ega bo‘ladilar, ehtiyoj tug‘ilgan vaziyatlarda esa bir
necha satr yoki sahifa orqaga qaytishlari mumkin. Yozma nutqning og‘zaki nutq
194
oldidagi afzalligi shundan iborat. Yozma nutqni ixtiyoriy ravishda tuzish
mumkin, chunki yozganlaringiz doimo ko‘z oldingizda bo‘ladi. Shu bilan birga,
yozma nutq murakkab nutq shakli bo‘lib hisoblanadi, chunki u avvaldan o‘ylab
iboralar tuzish, mulohazalarni aniqroq bayon etishni talab etadi, negaki, unga
emotsional tus berib, zarur imo-ishoralar bilan amalga oshira olmaymiz.
Nutqning yana bir – kinestetik shakli mavjud. Nutqning bu turi insonda o‘tmish
davrlardan buyon saqlanib qolgan. Vaqt o‘tishi bilan nutqning ushbu turi o‘z
vazifalarini yo‘qotgan va hozirda asosan nutqning emotsional-ifodali tarkibiy
qismlari – imo-ishoralar sifatida qo‘llaniladi.
Lekin odamlarning kinestetik nutq avvalgidek nutqning asosiy turi bo‘lib
sanaladigan katta guruhi mavjud. Bunda kar-soqov bo‘lib tug‘ilgan yoki baxtsiz
hodisa yoki kasallik natijasida so‘zlash yoki eshitish qobiliyatidan mahrum
bo‘lgan odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi zamon kinestetik nutqi
qadimgi kinestetik nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy etgan
bo‘lib, belgili daraklarning yaxlit tizimiga ega.
Nutq turlarining ichki va tashqi nutq turlariga bo‘linishining yana bir umumiy
ko‘rinishi mavjud. Tashqi nutq muloqot, axborot almashinuv jarayonlari bilan
bog‘liq. Ichki nutq, avvalambor, tafakkur jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq.
Og‘zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko‘rishda so‘zlovchining o‘z
ichida nutqni qaytarib olish davri mavjud. Mana shu ichki nutqdir. Unga
parchalarga bo‘linganlik xosdir, u vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Ichki nutq tashqi
nutq asosida shakllanadi.
Tashqi nutqning ichki nutqqa ko‘chirilishi (interiorizatsiya) tashqi nutq
tuzilishining qisqarishi bilan birgalikda kechadi, ichki nutqning tashqi nutqqa
o‘tishi (eksteriorizatsiya) esa, aksincha, ichki nutq tuzilishini ochib berishni, uni
mantiqiy, hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |