213
aniqlab olishga yordam berish lozim.
Agar sinaluvchida u yoki bu kasbga moyillik yorqin ifodalangan bo‘lsa va u
konkret bir kasbni tanlagan bo‘lsa, unda aynan shu kasbni tanlash motivi qanday
ekanligini bilish zarurati ham yuzaga kelib qolishi mumkin. Bu o‘rinda
psixolog
yuqori «Kasb tanlash motivatsiyasini aniqlash» - deb nomlangan metodikadan
foydalanishi mumkin.
ShAXSNING KOMMUNIKATIV VA TAShKILOTChILIK
QOBILIYaTLARI (KTQ) NI O‘RGANISh USULI
Maqsad: talabalarning kasbiy qiziqishlari,
qobiliyatlarini aniqlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, amaliy psixologning kasbiy proforientatsion yo‘nalishda
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mashg‘ulotning borishi:
Shaxsning tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyatlarini diagnostika qilish
metodikasi psixologik tashhisda talabalarga kasbiy maslahat berishda keng
qo‘llaniladi. Tadqiqotni o‘tkazish uchun KTQ savolnomani va varaqasini
tayyorlash kerak. Tadqiqotni individual va guruhda o‘tkazish mumkin.
Tekshiruvchilarga javob varaqalarini tarqatib bo‘lgach, qo‘llanmalarni o‘qib
berish kerak.
Quyida keltirilgan tasdiqlarni yaxshilab o‘qib chiqing va bu tasdiqlarga rozi
bo‘lsangiz «+»
belgisini, agar rozi bo‘lmasangiz «-» belgisini qo‘ying. Noaniq
savolni suiste’mol qilmaslikka harakat qiling.
Har bir detal ustida uzoq
o‘ylamaslik, aniq holatlarni ko‘z oldingizga keltiring. Javob uchun ko‘p vaqt
sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering. Savollarni
qoldirmasdan, tartibi bilan javob bering. To‘g‘ri va samimiy javob bering. O‘z
javoblaringizni yaxshi tasavvur etishga
harakat qilmang, ular haqiqiy bo‘lishi
lozim. Har bir savolga berilgan javob umuman ko‘rib chiqilmaydi, bizni faqatgina
umumiy ko‘rsatgichlar qiziqtiradi.
Dostları ilə paylaş: