Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101
2 5208751846268607301

Maqsadga intiluvchanlik – shaxsning o‘z xatti-harakatlarini barqaror 
hayotiy maqsadlarga bo‘ysundira olishida, maqsad yo‘lida hamisha tayyor, qat’iy 
bo‘lishida ifodalanadigan xarakter xislati. 
Odamovilik – odamlaraga qo‘shilmay, ko‘pchilik yoqtirmay, yakka holda 
yashashni afzal ko‘rishdan iborat salbiy xarakter xislati. 
Odat – kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va 
bajarilishi shaxsning funksional yehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat 
individual xislati.
Osoyishta tip – nerv tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari teng 
hamda o‘rtacha kuchga yega bo‘lgan tipi. 
Passivlik – atrofdagi narsa va hodisalarga, kishilarga nisbatan befarq 
munosabatda bo‘lishdan va jismoniy yoki psixik faoliyatsizlikdan iborat holat. 
Professiogrammani tajribada tekshirish – mehnat psixologiyasida 
muayyan kasbga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni yeksperimental 
ravishda tekshirib ko‘rish. 
Professiogramma – muayyan kasbdagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan 
psixologik funksiyalar ro‘yxati. 
Psixik charchash – psixik funksiyalarning haddan tashqari kuchli yoki 
mutassil ishlashi natijasida ular ish qobiliyatining vaqtincha qismat yo‘qolishidir. 


231 
Psixolog – psixologiya mutaxassisi, psixologiya sohasida ilmiy tekshirish 
ishlari olib boruvchi yoki o‘qituvchilik qiluvchi shaxs. 
Psixologiya – psixologik ta’limot, ruhiyatni o’rganuvchi fan, psixik og’ish, 
kasalliklarni o’rganuvchi fan. 
Psixogramma – muayyan kasb yoki ixtisos sohasiga xos bo‘lgan yeng 
muhim shaxsiy sifat va xususiyatlarning yozma yoki jadval tarzda ifodalanishi. 
Psixotexnika – psixologiyaning asosan mehnat psixologiyasi amaliy 
masalalarini o‘rganuvchi sohasi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin