Microsoft Word KichikBiznes doc


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 
1.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining 
ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari 
Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari 
yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo’lgan talab 
va taklif; xaridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; xaridor 
sotib olishi uchun zarur pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, 
ya’ni sotib olish imkoniyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi o’rinlari, ishchi 
kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi. 
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kiritil-
gan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o’z ishbilarmonlik operasiya-
larini moliyalashtirish uchun olinishi mo’ljallangan kredit miqdori iqtisodiy 
sharoitga ta’sir etadi. 
Bu ishlar bilan bozor infratuzilmasini tashkil etgan turli tashkilotlar 
shug’ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o’rnatib, tijorat 
operasiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko’rsatuvchi banklar, xo-
mashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, energiya, mashina va 
uskunalar, instrumentlar bilan ta’min-lovchilar; tovarni xaridorga yet-
kazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik buxgalteriya xiz-
matlari, vositachilik xizmatini ko’rsatuvchi firma va korxonalar; ishchilar 
kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash agentliklari; ishchi va mu-
taxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan o’quv yurtlari; reklama, transport, 
sug’urta agentliklari; aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tash-
kilotlar tizimini tashkil etadi. 
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan cham-
barchas bog’liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy 
sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlarning didi va modaga 
javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli 
bosqichlarda ushbu talab o’zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy mu-
hitga bog’liq axloqiy va diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu me’yorlar 
xaridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga talabiga bevosita ta’sir etadi. 
Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa,
o’z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoit-
iga munosabatiga ta’sir etadi. 


11 
Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyor-
lash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning zamonaviy 
uslublarini o’rganishni tashkil etish, xodimlarni o’qitish va qayta o’qitish, ularni 
rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni 
o’qitish uchun o’qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil 
etish, tadbirkorlik sektori uchun xodimlarni tanlash qarab maslahat markazla-
rini ochish kerak. O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprel,O’RQ-
327-son

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin