yetti xazinani tavsiya etishgan,
ularga
e’tiborni qaratish ham yaxshi natijalarni beradi. Ular quyidagi-
lardir: 1) tovuq; 2) sigir; 3) o’rmon; 4) suv tegirmoni; 5) moy juvoz; 6)
ipak qurti; asalari.
Respublikamiz va ayrim viloyatlar misolida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining dinamikasi
hamda uning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi o’rnini ochib berishga
harakat qilamiz. Agar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 2000 yilda 31,0 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010 yilda 52,5
foiz; 2011yilda 54,0 foiz; 2012 yilda 54,6 foiz, 2013 yilda 55,8 foiz va 2014
yilda esa 56,0 foizni tashkil qildi. Mamlakatimiz YaIM tarkibida, ya’ni iqti-
sodiyotimizga kiritilgan investisiyalar miqdorini foizdagi dinamikasini yil-
lar davomida keltirsak, u quyidagicha bo’ldi: 2000 yilda 15,4 foiz
bo’lgan bo’lsa, 2010 yilda 28,5 foiz; 2011yilda 31,9 foiz; 2012 yilda 35,3
foiz, 2013 yilda 32,7 foiz va 2014 yilda esa 30 foizni tashkil qildi.
YaIM ishlab chiqarishida mehnatga yaroqli aholining
bandlik dara- jasi dinamikasi quyidagicha: 2000 yilda 49,7 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010
yilda 74,3 foiz; 2011 yilda 75,1 foiz; 2012 yilda 75,6 foiz, 2013 yilda esa
76,7 foiz va 2014 yilda 76,5 foizni tashkil qildi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ularning
rivojlanishining asosiy yo’nalishlari ta’minlash uchun birinchidan: joylarda
shu soha bilan shug’ullanuvchilarni vaqti-vaqti bilan malakasini oshirishga
pedagog-olimlarni jalb etish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan: oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirish va takomillashtirishga, ularning ishlab
chiqarish, qayta ishlash, mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish xiz-
14
matlari faoliyatini deversifikasiya qilish; Uchinchidan: aholi bandligini
ta’minlashda ma’naviy va moliyaviy qo’llab- quvvatlashni doimiy rav-
ishda amalga oshirish talab etiladi.